Vazirlikda “Zamonaviy ayolning davlat boshqaruvidagi roli va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
2024-09-27 18:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, so‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilalarni har tomonlama jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish va sharoitlar yaratish maqsadida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilinmoqda.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 27-sentyabr kuni Madaniyat vazirligida “Zamonaviy ayolning davlat boshqaruvidagi roli va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda, Madaniyat vazirining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Ortiqov, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmanova, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi” bo‘limi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Farida Abdurahimova, psixolog shifokor, psixotrepavt, “PsixoMed24” klinikasi direktori Zebuniso Ahmedova hamda Madaniyat vazirligi markaziy apparati, Toshkent shahar tizim tashkilotlari, hududiy studiyalarda: vazirlik tizimi tashkilotlari ayol xodimlari qatnashishdi.
