Xoreografiya maktab-internati moddiy-texnik bazasi o‘rganildi
2026-06-19 16:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov poytaxtdagi Xoreografiya maktab-internatining moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarning mashg‘ulotlar olib borishi uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida o‘quv binolari, xoreografiya zallari, sinf xonalari, yotoqxona, axborot-resurs markazi va boshqa infratuzilma ob’yektlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasining samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.


