Diqqat e'lon!
2024-07-31 12:50:00 / Tanlovlar va tenderlar

Madaniyat vazirligi "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining Respublika ko'rik-tanlovini e'lon qiladi.
Ko'rik-tanlov joriy yilning 13-14-avgust kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.
Ko'rik-tanlov professional xonanda va sozandalar o'rtasida ikki yo'nalishda o'tkaziladi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo'shiqlari yo'nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo'shiqlar yo'nalishi.
Ko'rik-tanlovda 18 va undan yuqori yoshdagi ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Respublika bosqichining 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari joriy yilning 25-30-avgust kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida O'zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan professional xonanda va sozandalar Madaniyat vazirligining 55-502-33-77 (332) hamda +998 88 109 19 19 raqamlariga murojaat etishlari mumkin!
Shoshiling! Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!!
