III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasidagi Respublika tanlovi yakunlandi
2026-06-08 10:15:00 / Yangiliklar

2026-yil 5–6-iyun kunlari Namangan viloyati Musiqali drama teatrida III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasidagi Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan iste’dodli maqom ijrochilari ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
- Eng yaxshi yakkaxon xonanda;
- Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi;
- Eng yaxshi maqom ansambli.
Ishtirokchilarning chiqishlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan ijro mahorati, parda sofligi, usul barqarorligi, matn talaffuzi, sahna madaniyati hamda milliy an’analarga sodiqligi mezonlari asosida baholandi.
Hakamlar hay’ati tarkibida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, professor Abduxoshim Ismoilov, O‘zbekiston xalq hofizi, professor Isroiljon Vahobov, O‘zbekiston xalq hofizi, professor Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, professor Matluba Dadaboyeva hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, professor Komila Bo‘riyeva faoliyat olib bordi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Eng yaxshi yakkaxon xonanda:
Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi:
Eng yaxshi maqom ansambli:
G‘oliblar joriy yilda Namangan viloyatida bo‘lib o‘tadigan III Xalqaro maqom san’ati anjumanida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.









