Ozarbayjonda o'zbek kinolari namoyish etiladi
2024-07-21 20:55:00 / Yangiliklar

20–23-iyul kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida “O’zbek kinosi kunlari” tadbirlari bo’lib o’tadi.
Tadbir doirasida “Nizomiy” kino markazida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh”, “Sudya”, “Evrilish”, “Yasha xotin” filmlari namoyish etiladi.
O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov, taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov, Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Xodjayev, prodyuserlar Zafar Yoʻldoshev va Baxtiyor Fattohov, Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Boir Xolmirzayev va Muyassar Berdiqulova, taniqli kinoijodkor Habibullo Nizomov hamda Madaniyat vazirligi Kinematografiya sohasini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Shoxrux Qodirovlardan iborat delegatsiya Ozarbayjon milliy kino fondida bo'lishdi, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.





