O‘zbekiston delegatsiyasi "Miryang Arirang – 2026" xalqaro festivalida ishtirok etishdi
2026-05-13 14:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7-13-may kunlari Koreya Respublikasida nufuzli "Miryang Arirang – 2026" xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur san’at bayramida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi delegatsiyasi ishtirok etdi. Festivalda taniqli baxshilar, folklor jamoalar, madaniyat markazi sozanda va xonandalari faol ishtirok etishdi.
Festivalda Xatirchi tumani madaniyat markazining mohir sozanda va xonandalari Respublika baxshichilik san’ati markazi vakillarida iborat O‘zbekiston xalq baxshilarni bilan birgalikda o‘zlarining betakror chiqishlarini namoyish etdi. Nomoddiy madaniy merosimizning durdonalari bo‘lgan doston va termalar, folklor jamoalarining qiziqarli dasturlari, Milliy cholg‘u ijrolari koreyalik san’atsevarlar va festival mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.Ijodkorlar ushbu xalqaro maydonda nafaqat o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi, balki o‘zbek milliy san’ati va madaniyatini jahon miqyosida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shishdi.
Shuningdek, "Miryang Arirang – 2026" xalqaro festivali doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.






