Madaniyat vazirligida ijro intizomi masalalari muhokama qilindi
2026-05-13 10:30:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligida vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida topshiriqlar ijrosi, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash, mas’uliyatni yanada oshirish va nazorat tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov har bir topshiriqning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi tashkilot faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, may va iyun oyida ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan topshiriqlarning muddatlari belgilab olindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi topshiriqlarni belgilangan kun-bay grafikka muvofiq, tegishli muddatlardan kechiktirmay "Ijro.gov.uz" tizimidan nazoratdan olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.









