Soha vakili “Altyn Saqa” xalqaro teatr festivalida faxriy hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi
2026-04-03 18:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Temur Rashidov Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi taklifiga binoan 2026-yil 23–28-mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Altyn Saqa” xalqaro teatr festivalida faxriy hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.
Festival doirasida hakamlar hay’ati tomonidan tanlov dasturidan o‘rin olgan turli spektakllar tomosha qilindi. Har bir namoyishdan so‘ng hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida atroflicha va professional muhokamalar o‘tkazilib, har bir sahna asariga chuqur tahliliy baho berildi. Ushbu tahlillarda spektakllarning rejissyorlik yechimi, aktyorlik mahorati, sahna bezagi, musiqiy talqini, ritmik qurilishi, obrazlar tizimi hamda umumiy badiiy saviyasi batafsil ko‘rib chiqildi.
