Madaniyat sohasida ilk marotaba o‘tkazilgan “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumining g‘oliblari taqdirlandi
2026-04-04 23:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi.
Madaniyat vazirligi tomonidan 4 kun davom etgan mazkur forumda yurtimizdagi madaniyat va san’at sohasida ta’lim olayotgan va faoliyat olib borayotgan 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ortiq iqtidorli ijodkor yoshlar jalb etildi.
4 kun davom etgan mazkur forum doirasida yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi, jumladan:
- Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;
- “Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilar ko‘rik tanlovi;
- “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali;
- “Folk party” folklor jamoalari respublika festivali;
- “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi;
- yosh teatr rejissyorlari va aktyorlarining seminar-treningi;
- yoshlar o‘rtasida samimiy do‘stona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ochiq muloqot uchrashuvlari;
- “Yosh ommaviy bayramlar rejissyorlarining mahoratini oshirish va ularning faoliyatiga ko‘maklashish” mavzusidagi seminar-trening;
- forum yo‘nalishlari doirasida ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari;
- taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;
- “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;
- “Sumalak sayli”;
- yakuniy gala-konsert va taqdirlash marosimi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 4-aprel kuni poytaxtdagi “Turkiston” saroyida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov, taniqli madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda forum ishtirokchilari qatnashdi.
Marosim avvalida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi. So‘ng, 1-4-aprel kunlari forum doirasidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar e’lon qilinib, quyidagilar taqdirlandi:
Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi sovrindorlari:
1-o‘rin. G‘aybullayev Jasurbek Hasan o‘g‘li;
2-o‘rin. Botir Zokirov davomchilari estrada guruhi;
3-o‘rin. Sharofiddinova Laylo Avazbek qizi;
“Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi sovrindorlari:
1-yosh toifasi bo‘yicha (16-18 yosh)
1-o‘rin. Ardasheva Leyla Farruxovna;
1-o‘rin. Sadinov Amal Ravshanovich;
2-o‘rin. Muxitdinova Milana Rifatovna;
2-o‘rin. Teodorokapulo Nikoleta Valeryevna;
3-o‘rin. Kistanova Milana Vladimirovna;
3-o‘rin. Allambergenov Begis Begimbayevich;
2-yosh toifasi bo‘yicha (19-22)
1-o‘rin. Kuchkarov Abdug‘appor Nodirjon o‘g‘li;
2-o‘rin. Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna;
3-o‘rin. Asrorov Jahongir Abdujalil o‘g‘li;
3-o‘rin. Zivatdinova Shoxida Shuhratovna;
“Tomoshabinlar e’tirofi” nominatsiyasi go‘libi– Satbayev Shing‘is Rinat uli;
“Tomoshabinlar e’tirofi” nominatsiyasi go‘libi– Ashrapova Safina Farxadovna;
“Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilari festivali sovrindorlari:
“Eng yaxshi yosh ijrochi” nominatsiyasi go‘libi– To‘xtayeva Oynoz Alisherovna;
“Eng yaxshi erkak ovozi” nominatsiyasi go‘libi–Jumayev Suxrob Bahodir o‘g‘li;
“Eng yaxshi ayol ovozi” nominatsiyasi go‘libi–Suyonova Bekzoda Ixtiyor qizi;
“Eng yaxshi jahon opera ijrochisi” nominatsiyasi go‘libi– Kidirbayev Baxit Baxtiyar uli;
“Eng yaxshi o‘zbek opera ijrochisi” nominatsiyasi go‘libi– Ilyasov Rustam Fazilovich;
“Xush kayfiyat” respublika yosh askiya va qiziqchilari tanlovi sovrindorlari:
Askiya yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa mahorat maktabi askiyachilari;
2-o‘rin. Sirdaryo viloyati Gulxanda askiyachilar jamoasi;
3-o‘rin. Qashqadaryo Ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi askiyachilari;
Qiziqchilik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Boymurodov Shahzod;
2-o‘rin Yusupov Nodir;
3-o‘rin Shahzod va Temur;
“M.Sherayev” nomidagi nominatsiyasi g‘olibi – Andijon viloyati “Askiyachi yigitlar” jamoasi;
“Eng yosh qiziqchi” nominatsiyasi g‘olibi – Mahammadjonov Azizbek Mirzabek o‘g‘li;
“Eng kreativ jamoa” nominatsiyasi Uchtepa mahorat maktabi askiyachilari;
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Filarmoniya yosh ijodkorlari” respublika ko‘rik tanlovi:
1-o‘rin Baxshichilik yo‘nalishida - Yusupov Bobur Shodlik o‘g‘li;
2-o‘rin Estrada yo‘nalishida – Axatov Mirjalol Nusratillo o‘g‘li;
3-o‘rin Vokal yo‘nalishida - Xolxo‘jayeva Dinora Nabijon qizi;
“Folk party” folklor jamoalari respublika festivali:
1-o‘rin –Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Suu serper” folklor jamoasi;
2-o‘rin- Xorazm viloyati “Xorazm” folklor jamoasi;
3-o‘rin –Samarqand viloyati “Chavqi” folklor-etnografik xalq jamoasi.
Eslatib o‘tamiz, “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi Ilk marotaba tashkil etildi.
