“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi doirasida madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov seminar-trening o'tdi
2026-04-02 20:55:00 / Yangiliklar

“Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi doirasida madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan "Ommaviy bayramlar va tomoshalar rejissurasining "Yangi O'zbekiston"dagi o'rni va roli" mavzusida seminar-trening o'tildi.
“Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot bosqichida madaniyat va san’at sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ommaviy bayramlar va tomoshalar rejissurasi jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan yosh rejissyorlarga “Ommaviy bayramlar va tomoshalar rejissurasining Yangi O‘zbekistondagi o‘rni va roli” mavzusida seminar-trening o'tildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy rejissura yondashuvlari, sahnalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari hamda ommaviy tadbirlarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar jarayonida nazariy ommaviy bayramlar rejissurasining bugungi kundagi ahamiyati, uning jamiyatni birlashtirishdagi o‘rni va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur seminar-trening ishtirokchilarda yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga, ularni zamonaviy madaniy jarayonlarda faol ishtirok etishga undadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur forumda yurtimizdagi madaniyat va san’at sohasida ta’lim olayotgan hamda faoliyat olib borayotgan 600 nafarga yaqin 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli ijodkor yoshlar ishtirok etmoqda.
