“Yoshlar kuni”da vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yoshlar bilan uchrashdi
2026-04-03 10:55:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni”da vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yoshlar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilanib, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda har haftaning payshanba kuni barcha vazirlik, idoralar va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb belgilanib, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, kecha 2-aprel kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov jami 50 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashdi.
Bugungi kunda yoshlar jamiyatning eng faol va istiqbolli qatlamlaridan biri hisoblanadi. Ularning bilim olishi, o‘z ustida ishlashi va to‘g‘ri yo‘l tanlashi mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois “yoshlar bilan uchrashuv” kabi tadbirlar alohida e’tiborga loyiqdir.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, muammolari haqida ochiq gapirish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu esa ularning ishonchini oshirdi.
Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni shakllantiradi.
Uchrashuvdan so‘ng, vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yoshlar bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida oliygoh maydonida ko‘chat ekishdi.





