“Mahalladan vazirlikkacha” tamoyili asosida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-18 18:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tamoyili asosida “mahalla-tuman-viloyat-respublika” tizimi yaratildi hamda “yoshlar balansi” asosida har bir yosh bilan individual ishlash amaliyoti joriy etildi.
Kuni kecha 2026-yilda Madaniyat vazirligiga biriktirilgan, “yoshlar balansi”ga kiritilgan, alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda madaniyat vazirligi mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘inlari yetakchi yoshlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarda mavjud muammolar, takliflar, ishga bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mahalla yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik o‘rnatilib, yoshlar muammolarini hal etish yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.


