Qirg’iz Respublikasida "Nodira" musiqali tarixiy dramasi sahnalashtirildi
2026-03-16 11:45:00 / Yangiliklar

Qirg’iz Respublikasi O’sh shahri Bobur nomidagi akademik O’zbek musiqali teatrida o’zbekistonlik ijodkorlar ishtirokida "Nodira" musiqali tarixiy drama sahnalashtirildi.
Spektakl qirg’iz teatrshunos, san’atshunoslar hamda teatr arboblari tomonidan juda katta e’tirof bilan qabul qilindi. Spektakl premyerasi joriy yilning 31-mart kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur asar ikki qardosh o’zbek hamda qirg’iz madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash yo’lida dadil qadamlar sifatida e’tirof etilib, bu ikki davlat o’rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin bo'ladi.





