Vazirlik tasarrufidagi bir guruh respublika tashkilotlarining taqdimotlari ko‘rib chiqildi
2026-02-24 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 24-fevral kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti, Respublika baxshichilik san’ati markazi, Askiya va qiziqchilik san’ati markazi hamda Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2026-yilning birinchi yarmida rejalashtirilgan ishlari yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotlar davomida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy-tadqiq etish, baxshichilik sohasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar, askiya va qiziqchilik san’ati bo‘yicha faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning fondini yaratish hamda kutubxonalar faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalar muhokama etildi.
2026-yilda amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.



