Andijonda rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-02-27 17:20:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida rahbariyat va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda, Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marhaboxon Sattorova yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, ko‘rik-tanlovlarga o‘quvchilarni yuborish masalasi muhokama qilindi.
Boshqarma boshlig‘iga o‘z takliflarini bildirgan yoshlar tashabbuslarini ilgari surdilar. Xususan, Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan tanlovda ishtirok etish uchun moliyaviy jihatdan yordam berish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilish jarayonida o‘quvchilar viloyat miqyosida o‘tkaziladigan bayram va konsert dasturlariga keng jalb etish bo‘yicha ham o‘z takliflarini bildirishdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va san’at sohasidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.


