O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining “Turna pati” nomli diplom spektakli havola etildi
2026-02-18 15:10:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakulteti “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalarining “Turna pati” nomli diplom spektakli institut O‘quv teatr sahnasida keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Ibrohim Sodiqov pyesasi asosida sahnalashtirilgan ushbu spektakl yosh ijodkorlarning kasbiy mahorati, sahnaviy tafakkuri va qo‘g‘irchoq teatri san’atiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini namoyon etdi.
Spektakl kurs badiiy rahbari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist dotsent Fatxulla Xodjayev rahbarligida sahnalashtirildi. Shuningdek, Aktyorlik mahorati fani bo‘yicha katta o‘qituvchi Ulug‘bek Musinovning pedagogik rahbarligi ushbu jarayonda muhim o‘rin tutdi.
Shuningdek 4-kurs "Qoʻgʻirchoq teatr rejissyorligi" taʼlim yoʻnalishi talabasi Mubina Toʻychiyeva ham bu jarayonda katta tajribaga ega boʻldi.
Spektakl namoyishida soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, hamda qoʻgʻirchoq teatri san’atning ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan sahna asari yosh aktyorlarning ijodiy izlanishlari va qo‘g‘irchoq teatri san’atining bugungi rivojlanish bosqichini yana bir bor namoyon etdi. Mazkur spektakl institutda yosh ijodkorlarni professional sahna faoliyatiga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.
Nega deganda spektakl qo‘g‘irchoq teatri san’atining planshet uslubida sahnalashtirilgani bilan alohida e’tibor qozondi. Ushbu qo‘g‘irchoq turi aktyordan yuqori darajadagi koordinatsiya, qoʻgʻirchoqning plastikasida aniq sahnaviy-ifodaviy boshqaruvni talab qiladi. Qo‘g‘irchoq harakati, obrazning ichki holatini yetkazish hamda sahna ritmini saqlash jarayoni ijrochilar uchun murakkab ijodiy vazifa bo‘lib, spektaklda bu jihatlar professional darajada namoyon etildi.






