Tanlov
2026-01-30 17:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Nodavlat teatr va teatr-studiyalariga sahna asarlari uchun davlat buyurtmalari berish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatr san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarorida Nodavlat teatr va teatr-studiyalariga davlat buyurtmasi berib borish, ularni tegishli davlat teatrlarida namoyish etish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Nodavlat teatr va teatr-studiyalarining jamiyat madaniy hayotidagi faolligini oshirish hamda eksperimental ijodiy loyihalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida Madaniyat vazirligi Nodavlat teatr va teatr-studiyalariga sahna asarlari uchun davlat buyurtmalari berish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
Davlat buyurtmasi uchun xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini madh etuvchi, istiqlolni ulug‘lovchi, shuningdek, yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantiruvchi sahna asarlari taklif etilishi maqsadga muvofiq.
Davlat buyurtmasiga talabgor tashkilotlar (nodavlat teatr
va teatr-studiyalar) e’londa ko‘rsatilgan muddat ichida Madaniyat vazirligining (Milliy tanlovlar platformasi (https://milliytanlov.uz)ga hamda @Nodavlat_teatr_buyurtma_bot
telegram bot orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- talabgor nodavlat teatr va teatr-studiyalarining tanlovga hujjatlar taqdim etilayotganligi to‘g‘risida murojaat (kuzatuv) xati;
- tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tashkilot nizomining nusxasi;
- rahbar imzosi bilan tasdiqlangan teatr-studiyaning ijodiy faoliyatiga oid (repertuari, faoliyat davomiyligi, hamkor tashkilotlari va boshqa) ma’lumotlar;
- sahna asari – elektron ko‘rinishda (Word, Pdf);
- mustaqil teatrshunos, tanqidchi, rejissor, bastakor va boshqa ijodkorlarning asarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi hamda ma’naviy-mafkuraviy jihatlari borasidagi xulosalari (tavsiyalari);
- dekoratsiya va liboslarning rangli eskizi nusxalari;
- asarlarini sahnalashtirish uchun rahbar, bosh hisobchi imzosi bilan tasdiqlangan taxminiy sarf-xarajatlar smetasi taqdim etishlari so‘raladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 15-mart kuniga qadar vazirlikning
Milliy tanlovlar platformasi (https://milliytanlov.uz)
va @Nodavlat_teatr_buyurtma_bot orqali qabul qilinadi.
