Bekobodda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari boshlandi
2026-01-15 17:10:00 / Yangiliklar

Bugun, 15-yanvar kuni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Toshkent viloyatining Bekobod tumanida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi mahallalarda onlayn ro‘yxatga olish tadbirlarining boshlandi. Jarayonlarni hududga biriktirilgan madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov kuzatib bordi.
Xususan, Bekobod tumanidagi “Oqtepa”, "Bunyodkor" va “O‘zbekobod” mahallalarida ro‘yxatga olish tadbirlari jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Hurmatli yurtdoshlar, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok eting!



