O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o'rtasidagi madaniyat sohasida hamkorlik xronologiyasi
2025-11-15 19:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarda Turkmaniston vakillari faol ishtirok etib kelmoqda.
2023-yilning 5-8-may kunlari Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Turkmaniston vakillari ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
2024-yilning 25-30-aprel kunlari Xiva shahrida tashkil etilgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalida Turkmaniston vakillari qatnashdi.
2024-yilning 17-18-may kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida tashkil etilgan Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yillik yubiley tadbirlarida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tadjixanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
2024-yilning 26-28-iyun kunlari Zomin tumanida o‘tkazilgan “Maqom san’ati” xalqaro anjumanida Turkmaniston vakillari qatnashdi.
2024-yilning 26-30-avgust kunlari Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” festivallarida Turkmaniston vakillari qatnashdi va “Turkmaniston milliy musiqiy” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Yirik madaniy loyiha sifatida 2023-yilning 28-oktyabr 1-noyabr kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida “Turkmaniston madaniyati kunlari” tashkil etilganligini ko‘rsatish mumkin. Tadbirlar doirasida konsert dasturlari, ko‘rgazmalar va mahorat darslari o‘tkazildi.
2024-yilning 13-15-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan “Qo‘rqut ota” turkiy dunyo davlatlarining to‘rtinchi xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston vakillari qatnashdi.
2024-yilning 16-noyabr kuni Ashxobod shahrida o‘tkazilgan TURKSOYga a’zo davlatlar madaniyat vazirlari majlisida madaniyat vaziri O.Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
2024-yilning 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab, tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasi o‘tkazildi.
2024-yilning 17-20-noyabr kunlari Ashxobod va Turkmanobod shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston yozuvchi va shoirlarining “Maxtumquli Firog‘iy va uning jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2024-yilning 21-dekabr kuni Toshkentdagi Milliy kino saroyida “Maxtumquli Firog‘iy” nomli filmning taqdimoti o‘tkazildi.
2025-yilning 15-yanvar kuni Nyu-York shahrida TURKSOY tashkiloti hamda O‘zbekiston va Turkmaniston madaniyat vazirliklari bilan hamkorlikda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan qator madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir doirasida o‘zbek-turkman ijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi premyerasi namoyish etildi.
2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Turkmaniston vakillari qatnashib, Turkmaniston milliy baxshilar guruhi 1-o‘rinni egalladi.
2025-yilning 19 – 21-may kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan “Dunyo musiqasi” Xalqaro festivalida O‘zbekiston davlat akademik xalq cholg‘ular orkestri vakillari qatnashdi.
2025-yilning 4-6-iyun kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tkazilgan festivalda Buxoro viloyati filarmoniyasi vakillari qatnashdi.
2025-yilning 28-30-iyun kunlari Turkmanistonning Arqadag‘ shahrida o‘tkazilgan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi G.Berdimuhammedovning tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda xonanda J.Mavlonov qatnashdi.
2025-yilning 4-8-avgust kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Milliy kunlari” tadbirlari va konsert dasturida madaniyat vaziri O.Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
2025-yilning 20–25-oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida "Turkmaniston madaniyati kunlari" muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi.
