O‘zbekiston va Qozog‘iston madaniyat va san’at oliygohlari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-11-15 13:40:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.
Bugun, 15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Qozog‘iston milliy san’at universiteti (Kulyash Bayseitova nomidagi) rektori, professor Galim Ahmedyarov tashrif buyurdi. Mehmonni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev samimiy kutib oldi.
Uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi Hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Tashrifning amaliy qismi davomida G.Ahmedyarov institutda yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan “Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 302-guruh talabalarining “Kuyov” diplom oldi spektaklidan parcha, (Kurs badiiy rahbari v.b. dotsent Mohigul Hamroyeva) “Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining filmlarga ovoz berish jarayonlari (Kurs badiiy rahbari professor Munavvara Abdullayeva),
2-bosqich “Dramatik teatr rejissyorligi” talabalarining “Urush odamlari” spektaklidan parcha kuzatildi. (kurs badiiy rahbari, dotsent Shoira Hamidova) G.Ahmedyarov har bir jarayonlarni e’tibor bilan kuzatar ekan, avvalo kurs badiiy rahbarlariga va talabalarning ijro mahoratiga yuqori baho berdi. Shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik san’at sohasi rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi.









