Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish davom etmoqda!
2026-01-23 11:11:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari davom etmoqda.
Ro‘yxatga olish 2 bosqichda amlaga oshiriladi:
15–31-yanvar — fuqarolar census.stat.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
4–28-fevral — maxsus tayyorlangan jamoalar — “mahalla yettiligi” xodimlari "xonadonbay" ma’lumotlar to‘playdi.
Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish nega muhim?
har bir oilaning soni, tarkibi va ehtiyojlari ma’lum bo‘ladi;
qishloq xo‘jaligidagi yer, jonivorlar, dehqonchilik holati haqida yangilangan ma’lumotlar shakllanadi;
bu ma’lumotlar asosida ijtimoiy, iqtisodiy va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Muhim! Barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi!
