O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan 1 haftalik malaka oshirish o‘quv kurslari doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘y
2026-01-20 17:15:00 / Yangiliklar

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan 1 haftalik malaka oshirish o‘quv kurslari doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining boshliq o‘rinbosarlari hamda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan ichki fitosanitar nazorat inspektorlari (jami 100) ishtirok etishdi.
Seminar qatnashchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatchilarining Odob-axloq qoidalari borasidagi qonunchilik, normativ-huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, xodimlarga korrupsiyani oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish, shuningdek, xizmat faoliyati va xizmatdan tashqari vaqtda Odob-ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi borasida qonunchilik talabalri bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilib, shunday turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi borasidagi bilimlarini baholash maqsadida test sinovi o‘tkazildi.





