O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Yunusov Malayziyaning yetakchi biznes uyushmasi — SMITA International Trade Association (SMITA Global) delegatsiyasini qabul qildi.
2025-11-20 16:10:00 / Yangiliklar

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Yunusov Malayziyaning yetakchi biznes uyushmasi — SMITA International Trade Association (SMITA Global) delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, SMITA Globalning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi.
SMITA Global — xalqaro savdo, eksportni rivojlantirish va biznesni global integratsiya qilishga ixtisoslashgan nufuzli nodavlat tashkilot. Uning asosiy maqsadi — turli mamlakat kompaniyalarini jahon bozoriga olib chiqish, eksport jarayonlarini tizimlashtirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.
Uchrashuv davomida tomonlar:
Malayziya bozoriga yo‘naltirilgan yangi eksport yo‘nalishlari;
elektron tijorat platformalari orqali meva-sabzavot eksportini kengaytirish;
O‘zbekiston korxonalari bilan B2B aloqalarni kuchaytirish kabi masalalarni batafsil muhokama qildilar.
Delegatsiya O‘zbekistonning eksport salohiyati, ayniqsa, meva-sabzavot yetishtirishdagi sifati va raqobatbardoshligi bilan qiziqish bildirdi. Tomonlar yaqin kunlarda amaliy natijalar bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
SMITA Global prezidenti Megane Su O‘zbekiston bozorining ochiqligi va eksportga yo‘naltirilgan siyosatini yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta'kidladi.




