HAZORASP TUMANI HOKIMI RUSLAN JUMANIYAZOVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-11-04 11:35:00 / Yangiliklar

QADRLI HAZORASPLIKLAR!
Kuz-qiş mavsumida havo haroratining pasayişi natijasida xonadonlarda gaz va boşqa isitiş moslamalaridan foydalaniş sezilarli darajada ortadi. Bu esa is gazidan zaharlaniş hamda yonğin bilan boğliq baxtsiz hodisalar xavfini yuzaga keltiradi.
Şu munosabat bilan, özingiz va yaqinlaringiz hayoti hamda salomatligini asraş, is gazidan zaharlaniş va yonğinlarning oldini oliş maqsadida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilişingizni sörayman:
🔹 Gaz jihozlaridan foydalanişdan oldin ularning texnik holatini tekşiring.
🔹 Gaz peçi va boşqa isitiş qurilmalaridan foydalanişda xonada havo almaşinuvini ta’minlang.
🔹 Möri va ventilyatsiya kanallarining sozligi hamda oçiqligini muntazam tekşirib boring.
🔹 Nosoz, qölbola usulda tayyorlangan yoki texnik talablarga javob bermaydigan isitiş moslamalaridan foydalanmang.
🔹 Işlab turgan gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.
🔹 Yotoqxonalarda va uyqu vaqtida gaz peçi yoki boşqa isitiş qurilmalarini yoqib qöymang.
🔹 Gaz hidi sezilganda elektr jihozlarini yoqmang yoki öçirmang, oçiq olovdan foydalanmang. Xona derazalarini oçib, gaz ta’minotining avariya xizmatiga zudlik bilan xabar bering.
🔹 Bolalarni gaz va isitiş qurilmalari yonida nazoratsiz qoldirmang.
❗️ Eslatib ötaman: is gazi rangsiz va hidsiz bölib, inson organizmiga tez ta’sir qiladi. Şu sababli uning xavfi köpinça keç aniqlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Bir lahzalik e’tiborsizlik inson hayotiga zomin bölişi mumkin. Şuning uçun har bir xonadonda gaz jihozlari va mörilarning soz holatda bölişini ta’minlaş, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiliş zarur.
Farzandlarimiz va yaqinlarimiz hayotini asraş — barçamizning umumiy vazifamiz!
