FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-10-06 12:25:00 / Yangiliklar

Bugun Hazorasp tumani hokimi Ruslan Jumaniyazov fuqarolarni shaxsiy masalalari bo‘yicha navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, har bir masala yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish, aholi muammolariga amaliy yechim topish tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Hazorasp tumani hokimligi
Matbuot xizmati







