Ochiq muloqot
2026-09-09 10:05:00 / Matbuot anjumanlari

Belgilangan media-rejaga muvofiq, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, tadbirkorlik yo‘nalishida yoshlarga berilayotgan imtiyoz va ko‘maklar mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi, tuman prokurori, yoshlar yetakchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish — yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi, shu nuqtayi nazardan, yoshlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va yangi loyihalarini amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi ta`kidlab o`tildi.
Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda rivojlantirish uchun ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlarning savollariga mutasaddilar tomonidan javoblar qaytarilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Ochiq muloqot yakunida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Zero, har bir yoshning tashabbusi va intilishi qo‘llab-quvvatlangan sari, uning kelajakka bo‘lgan ishonchi va jamiyatdagi faolligi yanada ortadi.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati




