FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
2026-09-16 12:15:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan tamoyil bugun davlat xizmatining asosiy mezonlaridan biriga aylanmoqda.
Shu maqsadda bugun Hazorasp tumani hokimi Ruslan Jumaniyazovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, soha mutasaddilari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar moddiy yordam, kredit ajratish, bandlik, gaz va elektr energiyasi ta’minoti hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Murojaatlarning ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.
Fuqarolarning muammosini eshitish, uning yechimini topish va natijasini ta’minlash — xalq bilan ochiq muloqotning muhim mezonidir.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati







