Hokim qabuli: murojaatlar e’tibor va nazoratda
2026-08-12 12:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 12-avgust kuni Hazorasp tumani hokimi Ruslan Jumaniyazovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlarning har biri alohida o‘rganilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hazorasp tumani hokimligi
matbuot xizmati









