Tuman hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi
2026-08-05 09:15:00 / Yangiliklar

Bugun Hazorasp tumani hokimi Ruslan Jumaniyazovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat mas'ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, muammolarni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi shaxsiy nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yechim topish tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati









