Hazorasp tumani prokurori U.O. Abdullayevning kiberxavfsizlik bo‘yicha Hazorasp tumani aholisiga MUROJAATI
2026-08-01 14:50:00 / Yangiliklar


Assalomu alaykum, tumanimiz aholisi!
Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda kiberjinoyatlar soni ham ortib bormoqda. Firibgarlar turli usullar orqali fuqarolarning bank kartalari ma’lumotlarini, shaxsiy ma’lumotlarini va pul mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Kiberjinoyatlar 340 foizga (35 tadan 154 tagacha), ya’ni 119 taga oshgan. Jinoyatlarning:
- 46 tasi (11 ta) yoki 30 foizi — firibgarlik;
- 98 tasi (21 ta) yoki 64 foizi — o‘g‘rilik;
- 10 tasi (3 ta) yoki 6 foizi — boshqa turdagi jinoyatlarni tashkil qilgan.
Kiber murojaatlar
Joriy yilning o‘tgan davriga nisbatan jami 176 ta murojaat qayd etilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mahallalardagi murojaatlar sonidan kelib chiqib ular 14 ta "qizil", 28 ta "sariq" va 4 ta "yashil" toifaga ajratildi.
Murojaatlar nisbatan ko‘p qayd etilgan "qizil" toifadagi mahallalarda:
- Sanoat, Ovshar, Kamolot MFYlarida — 9 tadan;
- Gulzor MFYda — 8 ta;
- Karvak, Qovunchi, Otaliq, Beshta MFYlarida — 7 tadan;
- Ming Otliqlar, Yangi Hayot, Pichoqchi, Yangibozor MFYlarida — 6 tadan;
- Muhomon va Yangiobod MFYlarida — 5 tadan murojaat kelib tushgan.
Murojaatlar yosh toifalari kesimida tahlil qilinganda:
- 31–50 yoshdagilar — 83 ta;
- 15–30 yoshdagilar — 64 ta;
- 51 yosh va undan yuqori yoshdagilar — 29 ta murojaat bilan qayd etilgan.
Shu munosabat bilan sizlarni quyidagi xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishga chaqiraman:
- Bank kartangizning raqami, amal qilish muddati hamda SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.
- Noma’lum telefon qo‘ng‘iroqlariga, ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali havolalar va xabarlarga ishonmang.
- Davlat organlari, banklar yoki boshqa tashkilotlar nomidan yuborilgan ma’lumotlarni tekshirmasdan turib shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.
- Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz uchun murakkab parollar yarating va ikki bosqichli himoya tizimidan foydalaning.
- Internet orqali savdo va to‘lovlarni amalga oshirishda faqat ishonchli platformalardan foydalaning.
Aziz fuqarolar!
Agar siz yoki yaqinlaringiz kiberfiribgarlik holatiga duch kelsangiz, vaqtni boy bermasdan 112 qisqa raqamiga murojaat qiling.
Ogoh bo‘ling!
