Sanʼatga baxsh etilgan umr: Isteʼdodli haykaltarosh Artur Rajabov
2026-07-27 09:45:00 / Yangiliklar

Hazorasplik yosh va iqtidorli haykaltarosh Artur Rajabov oʻzining 20 yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida xalqimiz eʼtiborini qozonib kelmoqda. Uning mahorati bilan yaratilgan asarlar nafaqat yurtimizdagi bogʻ va muzeylarni, balki xalqimiz xotirasidagi unutilmas obrazlarni bezab turibdi.
Milliy kino sanʼat saroyidagi Raj Kapoor va Xudoybergan Devonov byustlari, shuningdek, Bolalar musiqa maktabidagi Anna German byusti aynan uning ijodiga mansub.
Matonatli mehnati va yuksak natijalari uchun ijodkor yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Uning kelajakdagi maqsadlari oʻzining asarlari orqali xalqimiz tarixini, jumladan, jadidchilik harakati namoyondalari (Isxoqxon Ibrat, Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va Abdulla Qodiriy) faoliyatini kompozitsiyalar shaklida kelajak avlodga yetkazishdir.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati









