YOSHLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
2026-07-23 15:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash hamda muammolarini manzilli hal etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Hazorasp tumanida yoshlar bilan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda.
Tuman hokimi ishtirokida oʻtkazilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan 16 nafar yosh oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarning 13 tasi doimiy ishga joylashish, 2 tasi imtiyozli kredit ajratish, 1 tasi boshqa masala yuzasidan boʻlib, har biri nazoratga olinib, masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Qisqa muddat ichida murojaatlar yuzasidan amaliy ishlar tashkil etilib, 7 nafar yoshning bandligi taʼminlandi. 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratish masalasi yuzasidan tegishli ishlar davom etmoqda. Qolgan 4 ta murojaat boʻyicha esa belgilangan tartibda amaliy choralar koʻrilib, ijrosi taʼminlanmoqda.
Yoshlar murojaatlarining qisqa muddatlarda ijobiy yechim topayotgani davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir amaliy ifodasi boʻlmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari nomidan soʻzga chiqqan bir guruh yoshlar Prezidentimiz rahbarligida yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tuman hokimi bilan ochiq muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani hamda murojaatlarining qisqa muddatda ijobiy hal etilayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.
— Bugun biz uchun eng muhimi murojaatlarimizning eshitilishi emas, balki ularning amaliy yechim topayotganidir. Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va doimiy eʼtibor uchun Prezidentimizga hamda tuman rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildiramiz, — dedilar yoshlar.
Hazorasp tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hazorasp tumani hokimligi
matbuot xizmati


