"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Hazorasp tumanida umumxalq hashari tashkil etildi.
2026-07-27 09:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ilgari surilgan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" ezgu g‘oyasi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Hazorasp tumanida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida mahallalar, ko‘chalar, xiyobonlar, ijtimoiy soha obyektlari va jamoat maskanlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilinib, hududlar chiqindilardan tozalandi, ariq va zovurlar tartibga keltirildi.
Mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va mahallalarimiz yanada fayzli bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hazorasp tumani hokimligi
matbuot xizmati









