#Sportchilar_tantanali_kutib_olindi
2026-06-23 11:40:00 / Yangiliklar

Bugun Hazorasp tumanidagi temir yo‘l bekatida joriy yilning 16–21-iyun kunlari Malayziyada muaytay sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan chempion yoshlarimiz tantanali ravishda kutib olindi.
Karnay-surnay sadolari ostida o‘tgan kutib olish marosimida tuman hokimi R. Jumaniyazov ishtirok etib, sportchilarimizni xalqaro maydondagi munosib yutuqlari bilan samimiy tabrikladi hamda ularga qimmatbaho sovg‘alar va Tashakkurnomalar topshirdi.
Tadbirda, shuningdek, chempion sportchilarning ustozlari, ota-onalari, yaqinlari hamda sport maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etib, g‘oliblarning zafarini birgalikda nishonladilar.
Mazkur yutuqlar yoshlarimizda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mamlakatimiz sport sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga xizmat qiladi.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati









