#Payshanba_Yoshlar_kuni
2026-06-18 15:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligi binosida navbatdagi «Yoshlar kuni» munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari O‘. Masharipov, tuman hokimi R. Jumaniyazov va tuman prokurori U. Abdullayev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda yoshlarning bandlik, ta’lim, shartnoma mablag‘larini to‘lash, yo‘l ta’miri va hududiy infratuzilmani yaxshilashga oid murojaat hamda tashabbuslari tinglandi.
Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Ijrosi vaqt talab qiladigan boshqa murojaatlar yuzasidan esa soha mutasaddilariga aniq topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida tuman rahbariyati faol va tashabbuskor yoshlarning Vatan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi g‘oya hamda loyihalari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi.
Hazorasp tumani hokimligi
matbuot xizmati









