Тarg‘ibot tadbiri: Xotin-qizlar va bolalar huquqlari – davlat himoyasida
2026-04-22 18:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33 sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, jamiyatda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhitni shakllantirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9–11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdir.
Tadbir davomida tuman hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Nurullayeva hamda jurnalist J.Usmanovalar qatnashib, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli ta’minlash tizimi, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga ko‘rsatiladigan yordam turlari, erta nikohning oldini olish va oila mustahkamligini ta’minlash, nikoh yoshini 21 yoshdan boshlab belgilash takliflari hamda yosh oilalarni ijtimoiy rag‘batlantirish choralari atroflicha tushuntirildi.
Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va kasb-hunar egallash uchun berilayotgan imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning nafaqat huquqiy bilimini oshirishga, balki ularning kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishlariga zamin yaratadi.
Hazorasp tumani hokimligi matbuot xizmati









