Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-16 15:30:00 / Yangiliklar

Bugun Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Agentlik direktori Sherzod Xodjayev elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bozor munosabatlarini joriy etish va energiya samaradorligini oshirishda yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligi taʼkidlandi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Agentlik direktori elektr energiyasi bozorida raqobatni shakllantirish uchun iqtisodchilar va moliyachilar zarur bo‘lsa, onlayn savdo platformalarini yaratish va maʼlumotlarni tahlil qilish uchun dasturchilar, axborot texnologiyalari mutaxassislari hamda maʼlumotlar tahlilchilari kerak bo‘ladi. Tariflarni asosli belgilash uchun iqtisodiy va moliyaviy hisob-kitoblar, bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish uchun esa malakali huquqshunoslar va energetika mutaxassislarining bilimi talab etiladi. Shu maʼnoda, Agentligimiz yoshlar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish mumkin bo‘lgan istiqbolli maydon ekanligi aytib o'tildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Xususan, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.


