Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
|
№ |
ATAMALAR |
IZOH |
|
1. |
O'RQ-939 |
O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Elektr energetikasi to'g'risida”gi Qonuni |
|
2. |
PF-166 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 28-sentabrdagi Farmoni |
|
3. |
Press-reliz |
Tashkilot matbuot xizmatining ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlagan xabarnomasidir. |
|
4. |
Jamoatchilik Kengashi |
Birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan "ko‘prik" rolini bajaradi. |
|
5. |
Ochiq ma’lumotlar |
Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, "Internet" tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir. |
|
6. |
Xizmat safari |
Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib-kelish) tushuniladi. |
|
7. |
Davlat byudjeti |
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. |
|
|
