Asosiy kontentga o'tish

Agentlik haqida

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son "Energetika sohasida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Agentlik faoliyati va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 17-yanvardagi PQ-28-son qarorida belgilangan.

Agentlik energiya bozorini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha respublika davlat organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Agentlik tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlikning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • Elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini bosqichma-bosqich tashkil etishni ta'minlash;
  • Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarida raqobatni qo'llab-quvvatlash;
  • Bozorning jozibadorligini hamda talab va taklif o'rtasidagi mutanosibligini ta'minlash;
  • Elektr energiyasining, raqobatga asoslangan, ulgurji va chakana bozorlarining barcha ishtirokchilar uchun teng huquq va shaffoflikni ta'minlovchi qonun-qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o'rnatish;
  • Elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash va ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish;
  • Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa hollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
  • Magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatishda va taqsimlashda yuzaga keladigan texnologik yo'qotishlarning ruxsat etilgan me'yorlarini tasdiqlash;
  • Bozor kon’yunkturasi va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish hamda infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Energetika sohasidagi qurilish va ta'mirlash ishlarini bajarishda mahalliy tovar va xizmatlar xarid qilinishini rag'batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish.

896

Oxirgi yangilanish: 2024-06-13 17:17:54