TalabaExpo – 2025: Talabalardan – g‘oya, yirik tadbirkorlardan – tajriba
2025-08-22 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan “DONIYOROVA AZIZA” YATT, “BETON SANOAT” MCHJ hamda “MILI TEKS SIRDARYO” MCHJ kabi nufuzli korxonalar rahbarlari ishtirok etib, talabalarga o‘zlarining biznes sohasidagi boy tajribasi, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari va shaxsiy hayot saboqlari haqida samimiy tarzda mulohaza va maslahatlar berdilar.
Ular davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va qulayliklardan unumli foydalanish, doimo tashabbuskor, qat’iyatli va innovatsion fikrlovchi bo‘lishga chorladilar.
Uchrashuv davomida talabalar tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, bozordagi real muammolar va ularni hal etish yo‘llari, muvaffaqiyatga olib boruvchi omillar, shuningdek, shaxsiy brendni shakllantirishning amaliy jihatlari haqida muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.








