Hisobotlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yilda
oʻz faoliyatiga oid hisoboti
1. Hisobot yilida davlat organi yoki tashkiloti oʻz faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va olib borishda asosiy eʼtibor qaratilgan soha hamda yoʻnalishlar.
2025-yilda Oʻzbekistonning oliy va kasbiy taʼlim, fan hamda innovatsiyalar sohalarida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda muhim islohotlar amalga oshirildi:
Oliy taʼlim:
- Taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish, yangi raqamli texnologiyalar va interaktiv oʻquv platformalarini joriy etish.
- Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion ilmiy tadqiqotlar uchun yangi grantlar, stipendiyalar tizimini ishlab chiqish.
- Universitetlar, ilmiy markazlar va sanoat oʻrtasidagi integratsiyani rivojlantirish hamda ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.
Kasbiy taʼlim:
- Sanoat talablariga mos keladigan kasbiy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish.
- Zamonaviy texnologiyalar, robototexnika, avtomatlashtirish va boshqa innovatsiyalar asosida oʻquv kontentini yangilash.
- Sanoat bilan oʻquv muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, amaliyot va stajirovka dasturlarini yoʻlga qoʻyish.
Fan va innovatsiyalar:
- Ilmiy tadqiqotlar uchun moliyaviy resurslarni oshirish, yangi grantlar va investitsion dasturlarni joriy etish.
- Ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan infratuzilmani mustahkamlash.
- Innovatsion startaplar, texnologik parklar va inkubatorlarni tashkil etish hamda ilmiy yutuqlarni tijoratlashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash.
Ushbu islohotlar respublika hamda xalqaro miqyosda taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida yangi salohiyatni ochib berish, yoshlar va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish va iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy hissa qoʻshishga qaratilgan.
2. Davlat organi yoki tashkiloti tashabbusi bilan oʻz faoliyati hamda muayyan sohani takomillashtirish (tartibga solish) yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, joriy etilgan yangi mexanizmlar hamda ularning ijro holati haqidagi maʼlumotlar.
2025-yilda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini tartibga soluvchi jami 53 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlib, ulardan:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari – 2 ta;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari – 3 ta;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari – 12 ta;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari – 18 ta;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar – 18 tani tashkil etadi.
Sohalar kesimida:
Taʼlim sifatini taʼminlashga oid – 4 ta;
Oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga oid – 10 ta;
Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga oid – 3 ta;
Pedagog maqomiga oid – 5 ta;
Talaba va oʻquvchilar masalalariga oid – 5 ta;
Oliy taʼlim tizimiga oid – 5 ta;
Kasbiy taʼlim tizimiga oid – 9 ta;
Oʻrta maxsus taʼlim tizimiga oid – 4 ta;
Moliyaviy masalalarga oid – 3 ta;
Boshqalar – 5 ta.
Ushbu hujjatlarda belgilan vazifalar ijrosi natijasi oʻlaroq:
oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi joriy etildi;
kasbiy taʼlimda boshqaruv yanada takomillashtirilib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi;
8 ta yangi oliygohni tashkil etish boʻyicha maxsus qaror qabul qilindi;
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladigan bo‘ldi;
maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi;
oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar faqat Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi joriy etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Hukumat qarorlari hamda yuqori turuvchi organ topshiriqlarining ijro holati.
Prezident topshiriqlari ijro holati
2025-yil yanvar-dekabr oylarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 472 ta hujjati kelib tushgan boʻlib, shundan 82 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, 280 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 7 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishi va 103 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yigʻilish bayonlari hisoblanadi.
Mazkur hujjatlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2511 ta, shundan Prezident Farmonlarida 445 ta, Prezident qarorlarida 1779 ta, Prezident Farmoyishida
21 ta, Prezidenti yigʻilish bayonlarida 266 ta topshiriqlar belgilangan.
“Ijro.gov.uz” tizimidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlaridan 2463 tasi belgilangan muddatda bajarildi, 48 tasi muddatidan kech bajarildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijro holati
2025-yil yanvar-dekabr oylarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 56 ta hujjati kelib tushgan boʻlib, shundan 45 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari rezolyutsiyasi.
Mazkur hujjatlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 134 ta topshiriq belgilangan, shulardan 65 tasi belgilangan muddatda bajarildi, 9 tasi muddatidan kech bajarildi.
Hukumat topshiriqlari ijro holati
2025-yil yanvar-dekabr oylarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning 480 ta hujjati kelib tushgan boʻlib, shundan 73 tasi Vazirlar Mahkamasi qarori.
Mazkur hujjatlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 73 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlarida topshiriq belgilangan. Shulardan Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlardan 69 tasi belgilangan muddatda bajarildi, 4 tasi muddatidan kech bajarildi.

4. Davlat organi yoki tashkilotining oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqadigan sohalar (yoʻnalish) boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusi istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar.
Oliy taʼlim sohasida:
Hududiy va kadrlar tayyorlash ixtisoslashuvi jihatidan yaqin boʻlgan 29 ta oliygoh negizida 12 ta yangi oliygoh faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularning soni 207 taga yetdi.
Misol uchun, Toshkent shahrida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali hamda Fransiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etildi;
oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 2017-yilda 280 mingga yaqin boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib ushbu koʻrsatkich 1,7 mln.ga yetdi (oʻsish – 6 barobar);
2025/2026 oʻquv yili uchun respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga jami 217 276 ta, jumladan, bakalavriatga 195 327 ta va magistraturaga 21 949 ta umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi;
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kechki va masofaviy taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi;
2025-yilda yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 44 foizga yetdi;
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasini olgan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti 2025/2026 oʻquv yili uchun 2 barobarga oshirilib 4 000 ta etib tasdiqlandi;
2025/2026 oʻquv yili uchun “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun 10 foizli qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 3 550 ta taʼlim grantlari kvotasi tasdiqlandi;

2025/2026 oʻquv yilida 52 ta oliygohga kirish uchun oʻtkazilgan 152 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlari va baholash mezonlari tasdiqlandi;
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlarga 5 ta taʼlim yoʻnalishiga qoʻshimcha ravishda 6-taʼlim yoʻnalishini tanlash imkoniyati berildi;
mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun toʻlov-kontrakt asosidagi 500 ta qabul parametrlari 5 barobarga oshirilib, 2025/2026 oʻquv yili uchun 2 500 ta etib tasdiqlandi;
shu yilning oʻzida magistraturada tahsil olayotgan 11 ming nafar xotin-qizlarimizning kontrakt-toʻlovlari qoplab berish uchun byudjetdan 122 milliard soʻm mablagʻ ajratildi;
32 ta xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari hamda 74 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun ajratilgan 1 200 ta davlat granti kvotasi 1 320 taga oshirildi;
xorijiy talabalar soni 20 ming nafardan oshdi;
TOP-500 ga kirgan 7 ta xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan kelishuvlarga erishilib, ular bilan hamkorlikda 17 ta qoʻshma taʼlim dasturining qabul kvotalari tasdiqlandi;
davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan 11 161 nafar xotin-qizlarning oʻqish xarajatlari uchun 122,7 mlrd.soʻm mablagʻ toʻlab berildi;
15 ta oliy taʼlim muassasasidagi 45 ta taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi;
TOP-300 ga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida davlat oliy taʼlim muassasalaridagi yuqori kurslarning 4 000 tadan ortiq oʻquv dasturlari takomillashtirildi;
professor-oʻqituvchilardan 6 139 nafari xorijda malaka oshirdi, 3 859 nafar xorijiy professor-oʻqituvchilar oʻquv jarayoniga jalb etildi;
307 nafar professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va 120 nafardan ortiq talabalar ishtirokida respublikaning 7 ta energiya resurslarini iqtisod qilish masalasini ilmiy asosda oʻrganish amalga oshirildi;
respublikaning 14 ta hududidagi 80 ta oliy taʼlim muassasasida “Oʻzmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi filiallari tashkil etildi va 4 806 nafar bitiruvchi talabalarning biznes loyihalari 219,2 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli shartlarda moliyalashtirilishi taʼminlandi;
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi tashkil etilib, unda jami 171 ming nafar bitiruvchi talabalar hamda 2 700 dan ortiq yirik tashkilotlar, tijorat banklari va tadbirkorlar boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi;
bitiruvchilarning 63 364 nafari ish beruvchilar bilan suhbatlashib, ularning 17 535 nafari oʻziga mos ish oʻrnini topdi, shuningdek, 1 806 nafar talaba oʻz biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlikka yoʻnaltirildi;
bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi oʻtkazilib, 23 nafar talabaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti taqdim etildi;
xalqaro fan olimpiadalarda 72 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush, 37 ta bronza) medal qoʻlga kiritildi;
“Study in Uzbekistan” veb-portalidan 980 dan ortiq xorijiy talabalar tomonidan Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ariza topshirdi;
“Registrator ofis”lari tomonidan talabalarga 6 ta yoʻnalishda 737 066 ta xizmat koʻrsatildi;
davlat xususiy sheriklik asosida hamda oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari hisobidan 20 ta oliy taʼlim tashkilotida 12 084 oʻrinli 22 ta talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirildi;
oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan 10,5 ming oʻrinli yangi oʻquv binolari qurib, foydalanishga topshirildi;
2025-yil davomida jami 20 ta xalqaro darajadagi tadbir (taʼlim va rektorlar forumlari, davra suhbati, koʻrgazma va konferensiyalar) oʻtkazildi. Ular qatorida uchta tadbir tegishliligi boʻyicha 5 ta xorijiy davlat (Malayziya, Gruziya, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya) bilan sohadagi hamkorlikda ilk bora tashkil etildi.
Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida U-2-U (Universitet-Universitet) shaklida rektorlar, shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish vakillari bilan uchrashuvlari oʻtkazilib jami 400 dan ortiq shartnoma, memorandum va bitimlar imzolandi. Tadbirlarda jami 500 dan ziyod xorijiy oliy va kasbiy taʼlim muassasalaridan rektor va prorektorlar darajasida delegatsiyalar ishtirok etdilar.
10 ta xalqaro darajadagi (hukumatlararo va idoralararo) hujjat imzolandi (Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon, Mongoliya, Serbiya, Sloveniya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, YUNESKO).
Tizim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 36 ta hujjat tasdiqlandi, jumladan, 2 ta Qonun, 6 ta Prezident Farmoni, 12 ta Prezident qarori, 16 ta Hukumat qarori qabul qilindi hamda Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilindi.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida:
oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyati 50 foizga (yil boshida 45 foiz), “Scopus” va “Web of Science” bazalarida maqolalar soni 7 551 taga yetkazildi;
2026-yilda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) shakli yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga jami 5 300 ta (oʻtgan yilga nisbatan 50 ta koʻp) ajratildi. Xususan: doktoranturaga 4 900 ta (DSc-726, PhD-4 174), stajyor-tadqiqotchilik uchun 400 ta kvota ajratildi;
Ajratilgan jami kvotaning 64,3 foizi (oʻtgan yilda 40,8 foiz), jumladan, doktoranturaga 3 411 ta (DSc-441, PhD-2693) stajyor-tadqiqotchilik uchun 277 ta kvota ustuvor yoʻnalishlarga mos ixtisosliklarga yoʻnaltirildi;
Shuningdek, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 22 ta tanlov eʼlon qilindi. Shundan ilmiy faoliyatga oid davlat 7 ta xalqaro qoʻshma loyihalar tanlovidir.
Joriy yilda umumiy qiymati 577,1 mlrd soʻm miqdoridagi 323 ta loyihalar moliyalashtirildi. Shundan, 64 ta fundamental, 214 ta amaliy va 43 ta innovatsion loyihalar. Shuningdek, 217,95 mlrd qiymatidagi 434 ta davom etayotgan loyihalar moliyalashtirildi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan xalqaro qoʻshma loyihalar tanlovi natijalariga koʻra umumiy qiymati umumiy qiymati 112,4 mlrd soʻm miqdoridagi 66 ta loyihalar moliyalashtirildi.
Natijada qiymati 51,83 mlrd soʻm boʻlgan innovatsion mahsulot (xizmat)lar tijoratlashtirilib, davlat byudjetiga 6,2 mlrd soʻm miqdorida soliq toʻlandi.
Ilmiy tashkilotlarni zamonaviy ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlash boʻyicha oʻtkazilgan xaridlar natijasida 3,48 mln AQSH dollar boʻlgan 133 ta laboratoriya asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha gʻolib ijrochilar bilan shartnomalar tuzildi.
Yangi spin off (spin-off) korxonalar soni 30 ta yetkazildi.
Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar soni 300 taga yetdi.
Ilm-fan va innovastion faoliyat natijasida yaratilgan yangi ishlanmalar va texnologiyalar soni 250 tani tashkil etdi.
Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida 4,43 mlrd soʻmlik 64 ta loyiha (oʻsish: 4,9 barobar) moliyalashtirildi.
Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar tanlovlari tashkil etilib, 145 nafar yosh olim 12 ta (Xitoy, AQSH, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya kabi) xorijiy mamlakatga ilmiy stajirovkalarga yuborildi.
Startap loyihalar tanlovlari orqali 69 mlrd soʻmlik 121 ta startap loyihalar moliyalashtirildi.
Natijada 106 ta innovatsion korxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi va 847 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shuningdek, 2,1 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Shuningdek, respublika miqyosida yoshlarning startap loyihalarini shakllantirish hamda startap loyihalarga investitsiya jalb qilish maqsadida barcha hududlarda “Startap festivali” tashkil etildi.
Hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish maqsadida 4 ta texnologik parklar, 3 ta venchur fondi, 2 ta Biznes-inkubatorlar va akseleratori va 3 ta Innovatsiya markazlari markaz tashkil etilib, hududlardagi innovatsion faoliyat infratuzilmalari soni 67 taga yetkazildi. Xususan, Namangan, Fargʻona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 4 ta Yoshlar texnoparklari, 3 ta venchur fondi, 3 ta Toshkent viloyatidagi tashkil etilgan “IT Camp” MCHJning Innovatsiya markazi, “Voice Solutions VB” MCHJning Innovatsiya markazi, “Nurafshon Tech Academy” nodavlat taʼlim muassasasining Innovatsiya markazi, 2 ta Jizzax viloyatidagi tashkil etilgan “Robolab” MCHJ huzuridagi “Robolab” biznes inkubator va akselerator markazi, “IT Progress Software” MCHJ huzuridagi biznes inkubator va akselerator markazi tashkil etildi.
Moʻynoq tumani markazidan 65 km uzoqlikdagi hududda, yaʼni Orol dengizining qurigan tubida Ilmiy-tadqiqot stansiyasi tashkil etildi. Orol dengizining qurigan tubida uchraydigan muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilinib, umumiy qiymati 57,1 mlrd soʻmlik 21 ta loyiha moliyalashtirildi.
Shular bilan bir qatorda, loyihalarni amalga oshirishga ishtirok etadigan olim va mutaxassislar uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida jami 24 ta yashash konteynerlari oʻrnatildi.
2025-yil 9-11-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “InnoWeek-2025” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻtkazilib, unda jami 30 ta ilmiy-amaliy tadbirlar (18 ta xalqaro va 12 ta mahalliy) tashkil etilib, ularda jami 8 800 nafar mahalliy va 140 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
“InnoWeek-2025” doirasida tashkil etilgan xalqaro koʻrgazmada 300 dan ortiq mahalliy va xorijiy korxona, oliy taʼlim, ilmiy hamda innovatsion infratuzilma tashkilotlari jami 830 dan ortiq turdagi ishlanma va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Koʻrgazma yakunlariga koʻra, qiymati 51,04 mlrd soʻm boʻlgan 45 ta oldi-sotdi shartnomasi, qiymati 9,73 mln AQSH dollari boʻlgan 4 ta eksport shartnomasi, qiymati 300 ming dollar boʻlgan 2 ta grant shartnomasi, ilm-fan va texnologiyalar transferi boʻyicha 9 ta kelishuv va memorandum imzolandi.
Haftalik doirasida, jami 46 nafar yoshlar, shundan 26 nafari “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan hamda 20 nafari “Eng kreativ gʻoya”, “Eng dolzarb ishlanma” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” koʻrik-tanlovi respublika bosqichida 3 nafar gʻolib aniqlandi va ular mos ravishda 123,6 mln, 103 mln va 82,4 mln soʻmlik sertifikatlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
2025-yil yakunlariga koʻra 6 276 ta (PhD — 5 356 ta DSc — 920 ta) doktorlik dissertatsiyasi himoyalari boʻldi.
Oliy taʼlim muassasalarida 14 ta (yashil energetika, mashinasozlik, sunʼiy intellekt, transport, qurilish va sanoat) muhandislik maktablari tashkil etildi.
Muhandislik sohasida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali, “Eng yaxshi gʻoya, loyiha va ixtiro” respublika tanlovlari tashkil etilib, ularning doirasida 3262 nafar yosh muhandislar jalb etildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy sohada:
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan reja-grafik boʻyicha 2 ming 115 ta maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy va sport tadbirlari tashkil etilib, jami 317 ming nafar talaba-yoshlar qamrab olindi;
2025-yil may oyida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligi doirasidagi 12 ta olimpiya sport turlari boʻyicha 2 ming 360 ta sport musobaqalarida jami 201 ta oliy taʼlim tashkilotlarining 552 ming nafarda ziyod talaba-yoshlar qamrab olindi;
oliy taʼlim muassasalari da 9 ta sport turi boʻyicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarida 286 156 nafar talabalar ishtirok etdi;
17 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilgan “Universiada” sport musobaqalarida jami 332 978 nafar talaba sportchilarning ishtiroki taʼminlandi;

“Maʼrifat ulashib” va “Adabiy-maʼrifiy haftaliklar” loyihalari doirasida tadbirlarga 277,8 ming nafar talaba va oʻquvchilar qamrab olindi;
oliy taʼlim tashkilotlarida 2025-yil davomida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlarda jami 586 ming nafar talaba, 64 ming 277 nafar professor-oʻqituvchilar qamrab olindi.
Oʻrta maxsus taʼlim sohasida
Oʻtgan 2024/2025 oʻquv yilida 71 ta akademik litseyni jami 12 546 nafar oʻquvchilar bitirdi. Shundan, 2 353 nafar oʻquvchilar aʼlo darajali diplom, 266 nafar oʻquvchilar oltin medal, yana 171 nafar oʻquvchilar kumush medal bilan taqdirlanishdi.
Akademik litsey bitiruvchilarining OTMga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari 93 foizni tashkil etdi. Shundan 10 dan ortiq akademik litseylarda 99–100 % bitiruvchilar talaba boʻlishdi.
Kasbiy taʼlim sohasida
Bugungi kunda 595 ta texnikumlarda 329 ta kasb va mutaxassislik boʻyicha 437,8 ming nafar yoshlar taʼlim olmoqda.
Shuningdek, 52 ta xususiy tibbiyot texnikumlari mavjud boʻlib, ularda tibbiyot sohasida oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanmoqda.
508 ta texnikumda 17 040 ta korxona va tashkilot bilan 67,4 ming nafar oʻquvchi 140 ta kasb boʻyicha dual taʼlimda oʻqitilmoqda.
Germaniya, Angliya, Shveysariya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda 47 ta texnikumda xalqaro taʼlim dasturlari asosida 4 149 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.
(Buyuk Britaniyaning “Pearson”, Germaniyaning “Avestos”, “Globogate GmbH”, “Askania”, “bsw Bildungsverk der Sachsischen Virtschaft gGmbH”, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning “Deajong Health”).
Texnikumlarda oʻquv jarayonlari (oʻquvchilar davomati, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, oʻquv reja, dars jadvali) toʻliq raqamlashtirildi (prof-emis.uz).
124 ta texnikumlarda jami 2 968 nafar oʻquvchilar ingliz, nemis, koreys, rus, turk va yapon xorijiy tillariga oʻqitilmoqda.
Dual taʼlimni ommalashtirish boʻyicha 203 ta tuman (shahar)da oʻquv seminarlari tashkil qilindi. Ushbu seminarlarda 4 mingga yaqin hokimlik, ish beruvchi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Dual taʼlim oid 1 000 nusxada qoʻllanmalar chop etilib ish beruvchilar, hokimlik vakillari va texnikumlarga yetkazilgan.
Texnikum oʻquvchilari oʻrtasida Samarqand viloyatida 4 ta, Andijon viloyatida 6 ta kasb boʻyicha “Worldskills Uzbekistan” milliy kasblar chempionati oʻtkazildi.
Xitoyda oʻtkaziladigan “WorldSkills Asia Competition Taipei – 2025” xalqaro chempionatda 4 ta kasb boʻyicha 4 nafar oʻquvchimiz ishtirok etib, Sirdaryo viloyati Shirin energetika texnikumi oʻquvchisi Iqbolmirzo Abdusamadov elektromontaj kasbi boʻyicha faol ishtiroki uchun WorldSkills Internationalning “Best of Nation” – “Millat faxri” mukofotiga sazovor boʻldi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab 14 ta texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish boʻyicha vazirlik va “Pearson” kompaniyasi oʻrtasida shartnoma imzolangan. Bugungi kunda 14 ta texnikumda 8 ta kvalifikatsiya boʻyicha 16 ta kasb va mutaxassislikda
1 552 ta oʻquvchil taʼlim olmoqda.
Germaniyaning “Avestos” kompaniyasi bilan Toshkent shahri, Fargʻona va Buxoro viloyatlarida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy taʼlimga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish” mavzusida mintaqaviy forumlar tashkil etildi.
11 nafar oʻquvchi Germaniyaning “MODESCHULE BERLIN” maktabida tajriba almashdi.
Samarqand viloyatidan 12 nafar oʻquvchi Xitoyning “Xinjang shikoda photoelectric Technologyco” korxonasida ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi.
6 609 nafar pedagog attestatsiyadan oʻtkazildi va malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi 35,8 foizga yetkazildi.
23 nafar rahbar va pedagoglar Belarus Respublikasi kasbiy taʼlim tashkilotlarida stajirovka oʻtadi.
168 nomda 106 282 nusxada yangi oʻquv adabiyotlari chop etilib, texnikumlarga yetkazildi.
2025-2026 oʻquv yilida 329 ta kasb va mutaxassisliklar (shundan, 119 tasi kredit-modul tizimi) boʻyicha kunduzgi taʼlim dasturlari hamda 202 ta kasb va mutaxassisliklar boʻyicha dual taʼlim dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Boshlangʻich kasbiy taʼlim darajasi uchun 14 ta umumtaʼlim fan dasturlari ishlab chiqildi.
Mehnat bozori va ish beruvchilarning talablari asosida 107 ta qisqa va oʻrta muddatli kurs dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
348 ta oʻqitish materiallar toʻplamlari tahlil qilinib, shundan 226 tasi ommalashtirildi.
Kasbiy taʼlimga oid 40 dan ortiq oʻquv-uslubiy seminarlar tashkil etildi. 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqildi.
Kasbiy taʼlim tizimida “Eng yaxshi raqamli taʼlim resurslari” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Belgilangan nominatsiyalar boʻyicha jami 41 nafar gʻolib aniqlanib, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirildi.
“Pearson” dasturlari joriy etilgan 14 ta texnikumning rahbar va pedagoglari uchun taʼlim dasturlari boʻyicha 4 marotaba onlayn va oflayn seminar-trening tashkil etildi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining jami 5 689 nafar rahbar va pedagog xodimlarining malakasi oshirildi. Shundan 1 917 nafari rahbar va 3 772 nafari pedagog xodimlar.
Xalqaro va milliy reyting
“QS” xalqaro reytingida 7 ta oliygoh joy oldi, jumladan, TOP-1000 talik roʻyxatdan Toshkent irrigatsiya universiteti-469, Oʻzbekiston Milliy universiteti 721–730, Toshkent davlat texnika universiteti 901–950 oʻrinni egalladi.
“THE” xalqaro reytingida 4 ta oliygoh joy oldi, jumladan, TOP-1000 talik roʻyxatdan Toshkent irrigatsiya universiteti 501-600, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti 1001–1200, Oʻzbekiston milliy universiteti 1201–1500, Toshkent davlat texnika universiteti 1501+ oʻrinni egalladi.

2025-yilgi “THE Impact Rankings” natijasiga koʻra, Oʻzbekistonning 59 ta oliygoh roʻyxatdan oʻtib, 12 tasi jahonning TOP-1000 talik universitetlari safidan oʻrin oldi va bu bilan mamlakatimiz Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.
2025-yilgi “QS World University Rankings by Subject” fanlar boʻyicha reytingi natijasiga koʻra, Oʻzbekistonning 5 ta oliygoh 8 ta fan yoʻnalishi boʻyicha jahonning eng yaxshi 1000 ta universitetlari qatoriga kiritildi.

Jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradigan “Global innovatsion indeks” reytingida mamlakatimiz 2025-yilda 79 oʻrinni egalladi (Markaziy Osiyoda 1 oʻrinni egallandi, 2015-yilga nisbatan 43 pogʻonaga yuqori).
Mintaqalar boʻyicha innovatsion iqtisodiyotlar tasnifida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlar boʻyicha Oʻzbekiston koʻchli toʻrtlikdan joy oldi.
Bilim va malakalarni baholash sohasida:
jami 50 ga yaqin turdagi imtihonlar tashkil etilib, 1,8 mln nafarga yaqin talabgor test sinovlaridan oʻtkazildi;
16 ta chet tilidan 4 ta koʻnikma boʻyicha 360 859 nafar talabgorning chet tilini bilish darajasini baholash uchun malaka imtihonlari oʻtkazildi;
oliy taʼlim muassasalarining akademik litseylariga oʻqishga qabul boʻyicha 49 241 nafar oʻquvchining bilim darajasi baholandi;
xorijiy va nodavlat taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan 29 225 nafar talabgor test sinovidan oʻtkazildi;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha 10 000 nafarga yaqin talabgor uchun test sinovlari tashkil etildi.
Xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlari
Hisobot davrida 112 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Shuningdek, xorijiy donor tashkilotlari bilan hamkorlikda 100 mln dollarlik grant mablagʻlari jalb qilindi.
5. Oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda bajarilgan ishlar, aniqlangan holatlar va ularni oldini olish borasida koʻrilgan choralar.
Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
2025-yilda ichki audit xizmatlari tomonidan 446 ta obyektda yangi yondashuv asosida nazorat tadbirlari oʻtkazilib, taʼlim jarayonini tashkil etishda yoʻl qoʻyila-yotgan kamchiliklar bilan birga, 195,3 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi.
Maʼlumot uchun, ichki audit xizmatlari xodimlari tomonidan 2024-yilda jami 97,1 mlrd soʻmlik moliyaviy xatoliklar aniqlanib, bartaraf etilgan boʻlsa, 2025-yilda 195,3 mlrd soʻmlik moliyaviy xatoliklar bartaraf etilib, bu koʻrsatkich 2,0 baravar oshgan.
2025-yilda 389 ta profilaktika tadbirlari natijasida jami 169,4 mlrd soʻm samarasiz, shundan, 367 ta tadbirlarda 110,2 mlrd soʻm noqonuniy xarajatlarning oldi olindi.
Maʼlumot uchun: Ichki audit xizmatlari tomonidan 2024-yilda jami 60,1 mlrd soʻmlik samarasiz xarajatlar oldi olingan boʻlsa, 2025-yilda oldi olingan samarasiz xarajatlar miqdori 2,8 baravarga oshgan va 169,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Oʻrganishlar natijasida 149 ta holatda 35,1 mlrd soʻm mablagʻlar maqbullashtirildi, 180 ta obyektda aniqlangan 25,9 mlrd soʻm holatlar tegishli byudjetlarga tiklandi, 94 ta obyektda 48,2 mlrd soʻmlik uslubiy xatoliklar bartaraf etildi.
Nazorat tadbirlarida aniqlangan 315 ta holatdagi 14,7 mlrd soʻmlik qonunbuzilishlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborildi.
Xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 109 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrildi, shulardan 81 nafariga hayfsan berildi, 4 nafari jarimaga tortildi va 24 nafari lavozimidan ozod etildi.
Mazkur faoliyat davomida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish, byudjet hisobini tashkil etish va yuritish, ichki audit faoliyati va yuritayotgan tizimlarni (shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanish) yanada takomillashtirish boʻyicha jami 13 ta taklif kiritildi.
Vazirlik “Situatsion markazi”da Hisob palatasi “Masofaviy markazi” axborot tizimidan yuborilgan 36,4 mingta 54,7 mlrd soʻmlik risklar oʻrganilib, 1,9 mlrd soʻmlik xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

Vazirlikdagi axborot tizimlari orqali tizim tashkilotlari faoliyatidagi xavflar inson omilisiz masofaviy nazorati kuchaytirildi, 2024-yilda 270 ta holatda 16,6 mlrd soʻmlik xavflar bartaraf etilgan boʻlsa, 2025-yilda 385 ta holatdagi 28,7 mlrd soʻmlik xavflar bartaraf etildi. Vazirlikning moliyaviy faoliyatiga oid 6 ta meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda aniqlangan boʻshliqni bartaraf etish maqsadida takomillashtirilgan hujjatlar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

6. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar (umumiy murojaatlar soni, ularni soha, hudud va yoʻnalishlar kesimidagi koʻrsatkichlari va boshqa holatlar).
Vazirlikka 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 12 908 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 2,9 foizga (376 taga) kamaygan.
Maʼlumot uchun: 2024-yilda 10 725 ta elektron (83 %), 1 684 ta yozma (13%), 499 ta ogʻzaki (4%) murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 15,3 % Toshkent shahridan, 9,5 % Qashqadaryo, 8,3 % Samarqand, 8,1 % Jizzax, 7,9 % Toshkent, 7,6 % Surxondaryo viloyatlaridan va 43,3 % boshqa hududlardan kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarning 20,8 % (2684 ta) qabul jarayonlari va oʻqishga qabul qilish, 13,9% (1807 ta) oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash, 10,1% (1418 ta) diplom masalasi, 7,8% (1015 ta) taʼlim muassasasi faoliyatiga oid masalalar, 6,9% (897 ta) kontrakt toʻlovi, 4,1% (520 ta) taʼlim muassasasi xodimlari faoliyatidan norozilik, 3,8% (491 ta) oraliq nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi, 3,8% (474 ta) talabalar turar joyi, 3,6% (332 ta) moliyaviy masalalar (ish haqi, stipendiya, moddiy yordam), 2,4% (313 ta) ish masalasi, 2,1% (265 ta) ilmiy tadqiqot faoliyati, 20,7% (2692 ta)ni esa boshqa masalalar tashkil etadi.
Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, murojaatlarning 3719 tasi (28,9 %) ijobiy hal etilgan, 3531 tasiga (27,3%) huquqiy tushuntirish berilgan, 125 tasining (0,9%) koʻrib chiqilishi tugatilgan, 35 tasi (0,2%) koʻrmasdan qoldirilgan, 5331 tasi (41,4%) hududiy idoralar va tegishli vazirliklarga yuborilgan, 167 tasi (1,3%) koʻrib chiqilmoqda.
Fuqarolar tomonidan eng koʻp yoʻllanayotgan masalalar hamda mazkur masalalarning hududlar kesimida dinamikasiga koʻra, muammoli hududlar aniqlanib, mazkur hududlarda vazirlik rahbariyatining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda vazirlik rahbariyati tomonidan hududlarda 11 marotaba sayyor qabul oʻtkazildi.
Oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim masalalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday savollarga tezkorlik bilan javob berishni yoʻlga qoʻyish maqsadida vazirlikda Ishonch telefonining samarali faoliyati yoʻlga qoʻyilib, hisobot davrida fuqarolarning 119 mingdan ortiq qoʻngʻiroqlarga javob berildi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar sonining kamayishiga erishildi. Xususan, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha murojaatlar 53,3 foizga, kontrakt to‘lovi bilan bog‘liq murojaatlar 27,8 foizga, talabalar o‘qishini ko‘chirish 18,1 foizga, talabalar turar joyi masalalari
12,5 foizga, qabul jarayonlari va o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq murojaatlar esa 2,4 foizga kamaydi.

7. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shu jumladan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etgan yoki bunga imkon yaratib bergan xodimlarga nisbatan koʻrilgan choralar.
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan xodimlar soni 81 nafarni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilda 90 nafar, 2023-yilda esa 106 nafarni tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu turdagi huquqbuzarliklar sonining bosqichma-bosqich kamayib borayotgani kuzatilmoqda.
Sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim pedagog-xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, 2025-yilda:
Andijon davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi 12.500 AQSH doll.;
Buxoro davlat texnika universiteti dekan oʻrinbosari 500 AQSH doll.;
Namangan davlat universiteti Oʻquv-uslubiy boshqarmasi oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi uslubchisi 5.200 AQSH doll.;
Namangan pedagogika instituti Oʻquv-uslubiy boshqarmasi Talabalar amaliyoti boʻlimi bosh mutaxassisi hamda Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti boʻlim mudiri 6.000 AQSH doll.;
Urganch davlat universitetining dekan oʻrinbosari 4 mln soʻm;
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining Taʼlim sifati boʻlimi boshligʻi 1.500 AQSH doll.;
Qoʻqon davlat universiteti oʻqituvchisi 450 AQSH doll.;
Qoraqalpoq davlat universiteti oʻqituvchisi 18,3 mln soʻm;
Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi 3.800 AQSH doll.;
Toshkent davlat agrar universitet qoshidagi akademik litseyi direktori oʻrinbosari 500 AQSH doll.;
Zarafshon shahar “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi kotibasi va direktori 400 AQSH doll.;
Yakkabogʻ tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori va 3-sonli kasb-hunar maktabi direktori 1700 AQSH doll.;
Jondor tuman politexnikumi oʻqituvchisi 1 mln soʻm;
Oltinkoʻl tuman 2-son politexnikumi direktori 100 AQSH doll.;
Xiva agrotexnologiyalar texnikumi ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari 13 mln soʻm pullarni olgan.
Davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari.
2024-yilda va 2025-yilning yanvar-may oylarida tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan 11,5 mlrd soʻmlik 63 ta shartnoma davlat xaridlari va raqobat qonunchiligiga zid ravishda affillangan ishtirokchilar qatnashgan savdolar natijasida tuzilgan.
Maʼlumot uchun:
Qarshi davlat universiteti – 3,9 mlrd soʻm;
Innvatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi –
2,4 mlrd soʻm;
Navoiy davlat konchilik institui – 1,3 mlrd soʻm;
2-sonli Nukus Jamoat salomatligi texnikumi – 1,2 mlrd soʻm;
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi – 606,4 mln soʻm;
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining akademik litseyi – 555,9 mln soʻm va hk.
Mazkur holatlar oliygoh mansabdor shaxslarining oʻzi yoki yaqin qarindoshlariga tegishli korxonalar bilan shartnoma tuzishi oqibatida kelib chiqqan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, aybdorlarga nisbatan tegishli chora koʻrilishi yuzasidan chora-tadbirlar tashkillashtirilgan.
Yuqori qayd etilgan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilishining sabablari tahlili:
1. Pedagog-xodimlarning ijtimoiy himoyasi hamda taʼlim sifatini oshirish, shu jumladan taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan mablagʻlar miqdorining ortishi bilan ularni noqonuniy oʻzlashtirish bilan bogʻliq holatlarning ortgan.
2. Yosh xodimlarning tez va oson moddiy mablagʻ orttirishga boʻlgan shaxsiy moyilligi evaziga firibgarlik yoʻli bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etishlari.
3. Faoliyati moliya-xoʻjalik vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan ayrim xodimlarning shaxsiy axloqsizligi (nopokligi).
4. Ayrim pedagog xodimlar va talabalar oʻrtasida oʻzaro manfaatdorlik evaziga maishiy korrupsiyaga qoʻl urishlari.
5. Oliy taʼlim muassasalarida komplayens nazorat xizmati tashkil etilib, hozirgi kunga qadar koʻplab korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga sohani lozim darajada tushunmaydigan, tegishli tajribaga ega boʻlmagan, yuklatilgan vazifalarga befarq boʻlgan xodimlarning tayinlanganligi va hozirga qadar oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan ushbu xodimlarning ish samaradorligidan kelib chiqib, ularni egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan.
6. Ayrim oliy taʼlim muassasalari rahbariyati tomonidan nepotizm, kronizm, manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi va bu holatlarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora koʻrilmayotganligi.
8. Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, sohada samaradorlik va natijadorlikni oshirish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijro holati.
Ochiq maʼlumotlarni taqdim etish
Vazirlik faoliyatiga oid maʼlumotlarni keng jamoatchilikka ochiq va qulay tarzda yetkazish maqsadida veb-saytda “Raqamli hukumat” sahifasi tashkil etildi. Ushbu sahifada quyidagi alohida boʻlimlarda 2025-yil davomida 50 dan ortiq ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlar oʻz vaqtida sifatli joylab borilmoqda:
-
Moliyaviy hisobotlar – 3299;
-
Moliyaviy hujjatlar;
-
Ochiq maʼlumotlar – 6247;
-
Ijtimoiy ahamiyatga oid ma’lumotlar.
Shuningdek, Ochiq maʼlumotlar portalida 35 turdagi maʼlumotlar toʻplami belgilangan muddatlarda muntazam joylashtirilib kelinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik
2025-yil davomida vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalarida axborot materiallari eʼlon qilindi:
-
Telegram va Facebook – 11 231 ta post;
-
Instagram – 5 308 ta post;
-
YouTube – 122 ta videorolik.
Bundan tashqari, quyidagi turdagi materiallar tayyorlanib, ommaga taqdim etildi:
-
31 ta infografika;
-
9 863 ta foto;
-
1 284 ta video;
-
3 340 ta matn shaklidagi maʼlumotlar.
OAVda yoritilish koʻrsatkichlari
Vazirlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etilib, quyidagi chiqishlar amalga oshirildi:
-
Televideniye – 412 ta chiqish;
-
Radio – 34 ta chiqish;
-
Elektron nashrlar – 188 ta maqola;
-
Markaziy bosma nashrlar – 43 ta maqola.
9. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan sohada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish holati.
“Kasbiy taʼlim va qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturlarini kelishish” axborot tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi, natijada jami 784 ta oʻquv dasturi loyihasi elektron tarzda kelishildi. Shu jumladan boshlangʻich kasbiy taʼlim boʻyicha 338 ta, oʻrta kasbiy taʼlim boʻyicha 315 ta, oʻrta maxsus kasbiy taʼlim boʻyicha 130 ta va maxsus kurs boʻyicha 1 ta dastur.
Oliy taʼlim muassasalarida tyutorlar faoliyatini raqamlashtirish, talabalar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish hamda tyutor ish samaradorligini oshirishga qaratilgan “Tyutor-HEMIS” platformasi ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, akademik litsey oʻquvchilari uchun EMIS EDU mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda ilovadan 20 mingdan ortiq oʻquvchilar foydalanmoqda.
Talabalarning turli yoʻnalishlardagi maʼlumotlarini tahlil qilish va ularga individual maslahatlar berishga qodir sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan HEMIS AI servislar majmuasi ishlab chiqilib, my.hemis.uz platformasiga integratsiya qilindi hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlariga joriy etildi. Mazkur servislar orqali GPA, davomat va dars jadvali tahlili, tavsiyaviy kurslar, plagiat tekshiruvi, moliyaviy holat tahlili va HEMIS Chatbot AI kabi modullar talabalar soʻrovlarini tezkor va aniq tahlil qilib, zarur javoblarni taqdim etmoqda.

Talabalar uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati ishga tushirildi.
10. Xodimlarni tanlash, joy joyiga qoʻyish, bilim va malakasi shu jumladan, professional koʻnikmalarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar.
2025-yilda oliy taʼlim muassasalarining jami 11 627 nafar rahbar va pedagog kadrlari malaka oshirdi. Ularning 5 559 nafari (barcha malaka oshirgan tinglovchilarning 47,8 foizi) qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida bevosita oʻqish orqali,
2 750 nafari (23,7 foizi) masofaviy shaklda, 3 318 nafari (28,5 foizi) esa muqobil shaklda oʻz malakalarini oshirdilar.

Xorijiy hamkor taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda 15 ta qoʻshma malaka oshirish kurslarida oliy taʼlim muassasalarining 313 nafar rahbar va pedagog kadrlari malaka oshirib, kurs tinglovchilariga Double Certificate (qoʻsh sertifikatlar) berildi.
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv jarayonlariga jami 385 nafar xorijiy mutaxassislar jalb etildi. Ularning 39 nafarini Amerika, 86 nafarini Yevropa, 121 nafarini Osiyo, 137 nafarini MDH davlatlari hamda 1 nafardan Avstraliya va Afrika mamlakatlarining mutaxassislari tashkil qildi.
Kadrlar buyurtmachilari talablari asosida 7 ta qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oliy taʼlim muassasalarining turli soha xodimlarining 718 nafari oʻz malakalarini oshirdi.
11. Davlat organi va tashkiloti huzuridagi jamoatchilik, maslahat va kollegial organlar faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-avgustdagi PF–124-son Farmoni va “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ–3837-son qaroriga muvofiq yoʻlga qoʻyilgan.
2025-yil davomida Jamoatchilik kengashi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro reytinglarda oʻrnini yaxshilash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda taʼlim sifatini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 7 ta xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya va seminar, shuningdek, 5 ta kengash yigʻilishi tashkil etilib, tadbirlar tafsilotlari vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Jamoatchilik kengashi hamkorlikda Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun ijtimoiy buyurtma berish boʻyicha ijtimoiy loyiha tanlovi oʻtkazildi. 2025-yil 14-oktyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda kengash aʼzolari tomonidan 13 ta loyiha 20 ta mezon asosida baholash natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan “Istiqbol” tadqiqot markazining “Oliy taʼlim tizimida inklyuziv taʼlimni tashkil etishning oʻquv-uslubiy taʼminotini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish tavsiya etildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 2-fevraldagi 37-son buyrugʻi bilan Jamoatchilik kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritilib, yangi tarkibi tasdiqlandi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari 2026-yil 2-fevral holatida jami 17 kishini tashkil etib, shundan davlat idoralari xodimlari – 6 (35%) nafarni, NNT va OAV vakillari – 11 (65%) nafarni, ayollar esa – 4 (24%) nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, 2025-yil davomida oʻtkazilgan 5 ta kengash yigʻilishi bауоnnоmаlаri vazirlik veb-saytining “Kengashlar > Jamoatchilik kengashi” boʻlimida joylab borilmoqda.
2025-yil 1-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Unda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan bir qator yoʻnalishlarda faol faoliyat olib borayotgan kengashlar “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.
2025-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud toʻsiqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
“Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi” hamda “IT-taʼlim uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida oʻzaro kelishuv va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda kengash aʼzolari hamda OAV vakillari uchun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Qoraqalpoq davlat universitetiga press-turlar tashkil etildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi 86-son buyrugʻiga muvofiq, vazirlik Axborot xizmatlari boʻlimi Jamoatchilik kengashining ishchi organi va uning faoliyatini tashkiliy-uslubiy hamda axborot jihatidan taʼminlashga masʼul etib belgilangan. Bugungi kunda Axborot xizmatlari boʻlimi tomonidan Jamoatchilik kengashiga barcha zarur tashkiliy-uslubiy hamda axborot jihatidan amaliy koʻmak berib kelinmoqda.
Shuningdek, ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Jamoatchilik kengashi nizomining
23-bandida Kengash aʼzolari ishdagi faolligi, tashabbuskorligi, Vazirlik nufuzini oshirishga doir saʼy-harakatlari hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda alohida koʻrsatgan xizmatlari uchun maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin. Ragʻbatlantirish Vazirlik tashakkurnomasi, faxriy yorligʻi, esdalik sovgʻasi bilan taqdirlash, davlat mukofotiga nomzodini tavsiya etish, madaniy koʻngilochar tomoshalarga taklifnoma hamda biletlar taqdim etish shaklida Vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan berilishi mumkinligi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, 2025-yil 1-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bilan taqdirlangani munosabati bilan faol aʼzolar vazirlik tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
12. Xorijiy mamlakatlarning shu vazifa va funksiyalarni bajaruvchi organlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, tajriba almashish va ilgʻor amaliyotni implementatsiya qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar.
2025-yil davomida jami 20 ta xalqaro darajadagi tadbir (taʼlim va rektorlar forumlari, davra suhbati, koʻrgazma va konferensiyalar) oʻtkazildi. Ular qatorida uchta tadbir tegishliligi boʻyicha beshta xorijiy davlat (Malayziya, Buyuk Britaniya, Latviya, Ozarbayjon va Germaniya) bilan sohadagi hamkorlikda ilk bora tashkil etildi.
Xususan, Oʻzbekiston-Malayziya birinchi taʼlim forumi, Oʻzbekiston-Gruziya rektorlar forumi, “Ilm-fan va taʼlim: Oʻzbekiston-Fransiya koʻprigi” konferensiyasi, Sloveniya savdo-sanoat palatasi va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv, Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan VET4UZ loyihasi doirasida xalqaro anjuman, Oʻzbekiston va Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi, “Oʻzbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati, “Xitoy–Markaziy Osiyo” taʼlim vazirlari birinchi yigʻilishi, Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya taʼlim
forumi – 2025, Oʻzbekiston va Fransiya oliy taʼlim uchinchi forumi, Oʻzbekiston-Rossiya mintaqalararo oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi, Oʻzbekiston – Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi, Ikkinchi Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida “Taʼlim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” forumi, Oʻzbekiston–Xitoy birinchi kasbiy taʼlim forumi, Oʻzbekiston – Xitoy Ikkinchi taʼlim forumi, Oʻzbekiston va Belarus ikkinchi taʼlim forumi, Oʻzbekiston va Yaponiya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi, Oʻzbekiston va Germaniya birinchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi, Oʻzbekiston va Latviya birinchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi, Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi, YUNESKO “Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasi”ga qoʻshilish marosimi boʻyicha sayd-ivent.
Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida U-2-U (Universitet-Universitet) shaklida rektorlar, shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish vakillari bilan uchrashuvlari oʻtkazilib jami 400 dan ortiq shartnoma, memorandum va bitimlar imzolandi. Tadbirlarda jami 500 dan ziyod xorijiy oliy va kasbiy taʼlim muassasalaridan rektor
va prorektorlar darajasida delegatsiyalar ishtirok etdilar.
Vazirlik rahbariyati vakillarining 17 ta davlatlarga xorijiy xizmat safarlari (Iordaniya, Malayziya, Rossiya, Fransiya, Gruziya, Chexiya, Eron, Polsha, Vengriya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Sloveniya, Germaniya, Ozarbayjon, Yaponiya, Qatar, Latviya) tashkil etildi. Ular doirasidagi muzokara va biznes-forumlarda 30 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Hisobot davrida 10 ta xalqaro darajadagi (hukumatlararo va idoralararo) hujjat imzolandi (Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon, Mongoliya, Serbiya, Sloveniya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, YUNESKO).
Xorijiy davlatlar bilan imzolangan xalqaro shartnomalar:
- “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani (Parij,
2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1094-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi davomida
2025-yil 6-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida imzolangan “Malayziya Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv”;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Moʻgʻulistonga davlat tashrifi (2025-yil,
24-25-iyun) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Moʻgʻuliston Taʼlim vazirligi oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim”;
- Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Shahboz Sharifning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi (2025-yil 25-26-fevral) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ilmiy-texnik va innovatsiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim”;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi (2025-yil 2-3-iyul) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida ilm-fan, kasbiy va oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim”.
- Serbiya Respublikasi Prezidenti A.Vuchichning Oʻzbekistoning tashrifi (2025-yil 28-31-oktyabr) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik Bitim”.
- Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning Oʻzbekistoning tashrifi (2025-yil 29-oktyabr-1-noyabr) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Finlyandiya Davlat boshqaruvi instituta (HAUS) oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar soxasida xamkorlik toʻgrisidagi Anglashuv memorandumi”.
- Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning Oʻzbekistoning tashrifi (2025-yil 29-oktyabr-1-noyabr) doirasida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Finlyandiya suv forumi oʻrtasida rakamlashtirish va suv resurslarini boshqarish soxasida tadqiqot va taʼlim salohiyatinn oshirish toʻgʻrisidagi Hamkorlik memorandumi”.
Boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan tadbirlar:
-
2025-yil 3-4-may kunlari Boku shahrida tashkil etilgan “Oʻzbekiston universitetlari koʻrgazmasi”;
-
2025-yil 15-noyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-yigʻilishi;
-
2025-yil 16-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan “Alp Er ToʻNga avlodlari – qoraxoniylar: turkiy dunyo va islom olami qoraxoniylar davrida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
-
2025-yil 4-noyabr kuni Samarqand shahrida oʻtkazilgan Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha taqdimot (side event);
-
Qirgʻiz fuqarolariga Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish uchun ajratilgan 20 ta kvota (hozirgi kunda 2 nafar qirgʻiz fuqarosi tahsil olmoqda).
13. Oʻz faoliyatidagi ijobiy va salbiy ahamiyatdagi eng muhim koʻrsatkichlarning oldingi yillardagi koʻrsatkichlarga nisbatan qiyosiy tahlili (oʻsish va pasayish dinamikasida).
Soʻnggi yillardagi oliy taʼlim tizimida asosiy eʼtibor mamlakatimiz yoshlarini taʼlim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Natijada, oʻtgan 9 yil mobaynida oliy taʼlim tashkilotlari soni 77 tadan (70 ta davlat, 7 ta xorijiy) 207 taga (101 ta davlat, 32 ta xorijiy va 74 ta nodavlat) yetkazildi, ularga qabul 3,5 barobarga ortdi.
Soʻnggi yillarda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali 74 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tashkil etildi. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari soni 32 taga, davlat oliy taʼlim tashkilotlari 101 taga yetkazildi.
Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga yetdi.
2017-yilda talabalar soni 279 ming nafar boʻlgan boʻlsa 2025-yilga kelib 1,7 mln nafardan ortdi.
2017 yilda talabalar turar joylari ehtiyojning bor-yoʻgʻi 28 foizini qoplagan boʻlsa, 2025 yilga kelib qamrov darajasi 57 foizga yetkazildi.
Soʻnggi 9 yilda ilmiy darajali pedagoglar ulushi respublika boʻyicha 32,7 foizdan 50,0 foizga oʻsdi.
2017-2025-yillar davomida doktoranturaga ajratilgan kvotalar soni 7,1 barobarga oshdi va (2017-yilda 242 ta) 2025-yilda 5 250 taga yetkazildi.
Jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradigan “Global innovatsion index” reytingida mamlakatimiz 2025-yilda 79 oʻrinni egalladi (Markaziy Osiyoda 1 oʻrinni egallandi, 2015-yilga nisbatan 43 pogʻonaga yuqori).
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan xodimlar soni 81 tani tashkil etgan.
Soha xodimlarining korrupsiyaviy jinoyatchilik (sudlanganlik) koʻrsatkichi 2024-y. – 90 nafar, 2023-y. – 106 nafarni tashkil etgan.
|
№
|
Nomi
|
Yuklab olish
|
|
1.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yilda oʻz faoliyatiga oid hisoboti
|
|
|
2.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilda oʻz faoliyatiga oid hisoboti
|
|
|
3.
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
|
|
|
4.
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
|
|
|
5.
|
Oliy ta’lim tizimida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’umot
|
|
|
6.
|
Oliy ta’lim tizimida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
|
|
|
7.
|
Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida bir talabaga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oʻqitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili
|
