Tijoratlashtirish

MAʼLUMOT
1. Asosiy faoliyat boʻyicha:
Boshqarma boshligʻi va xodimlar tomonidan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona, Navoiy, Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safarlari amalga oshirilib, tijoratlashtirish loyihalarini bajarish holatlari oʻrganildi. Natijada Navoiy viloyatida 1 ta loyiha ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha Sud qarori chiqarildi, 46 ta loyihalarni yakunlash hujjatlari shakllantirilib vazirlik kengashiga xat tayyorlandi, 1 ta loyiha sogʻlomlashtirildi va 2 ta loyiha mavjud kamchiliklari sababli rasman ogohlantirilib tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, 2025-yilda ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar soni 125 tani tashkil qilmoqda.
Yaratilgan yangi ishlanmalar soni 232 tani tashkil etmoqda.
OTM va ITMlarga tijoratlashtirilgan ishlanmalari boʻyicha maʼlumot soʻralgan va 6 oylik yakunlari boʻyicha maʼlumotlar yigʻib olingan va umumlashtirilgan.
Intellektual mulk huquqi boʻyicha:
Oliy taʼlim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi tarkibiga boshqarma bosh mutaxassislari Oʻsarov Abduolim hamda Gulchehra Mansurovalar ishtirok etishdi. Unda Oliy taʼlim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga koʻmaklashildi.
Agentlik binosida Adliya vazirligining masʼul xodimlari va mutaxassislari ishtirokida ishlanmalarga intellektual mulk huquqini rasmiylashtirish tartiblari boʻyicha taqdimotlar asosida tadbirlar tashkil etildi.
Spin-off korxonalari bilan ishlash yoʻnalishida:
Bundan tashqari, ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan 30 ta “Spin-off” korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-sonli hamda 2025-yil 24-yanvardagi PQ-22-23-25-26-sonli Qarorlariga muvofiq 2025-2026 oʻquv yiliga qadar Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasini tashkil etish topshirigʻiga binoan agentlikning Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transferini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi R.Ergashev tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Buxoro viloyatiga joyiga chiqqan holda seminar tashkil etildi. Prezident qarorlari asosida texnika sohasiga ixtisoslashgan oliy taʻlim muassasalari huzurida “Spin Off” korxonalarini tashkil etish belgilanganligi bu korxonalar talaba-yoshlarning ilmiy ishlanma, loyiha va startaplarini ilmiy jihatdan mustahkamlash, amaliyotga tatbiq etish va qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutilganligi maʻlumotlarni talaba-yoshlarga, professor-oʻqituvchilar va izlanuvchilarga yetkazish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida va Buxoro texnika universitetida maxsus uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tiziminijoriy qilish toʻgʻrisida” Farmoni loyihasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi «2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish agentligi Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transferini rivojlantirish boshqarmasiga yuklatilgan “Oʻsimliklar klinikasi” bilan kooperatsiya asosida yuqori daromadli bulgʻor qalampirini yetishtirish boʻyicha Marhamat tumanidagi 200 ta kambagʻal oilalar xonadonlarida “Yava va ferari F1” navli 3 yillik bulgʻor qalampiri koʻchatlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyildi.
Quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1) Mahallalar kesimida roʻyxat shakllantirildi.
2) Marhamat tumanida masʼullar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.
3) 204 ta xonadonlar roʻyxati shakllantirildi. Shakllantirilgan xonadonlarga ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda monitoring oʻtkazildi.
4) Shakllantirilgan roʻyxat asosida 2025-yil 2-aprel holatiga 212 ta xonadonlar bilan bulgʻor qalampirini yetishtirish boʻyicha shartnomalar imzolandi.
5) Marxamat tumandagi 50 ta kambagʻal oilalarga “Yava va ferari F1” navli 3 yillik bulgʻor qalampiri 400 tupdan koʻchatlari tarqatildi xamda koʻchatlar agrotexnik tadbirlar asosida oʻtkazilib parvarish qilinmoqda.
6) Aprel oyi davomida tanlab olingan kambagʻal oilalar xonadonlari kesimida “Yava va ferari F1” navli 3 yillik bulgʻor qalampir koʻchatlari bepul tarqatildi.
Shuningdek, topshiriq ijrosi yuzasidan bugungi kunda 193 ta xonadonlarda shartnoma asosida bulgʻor qalampiri yetishtirilib 40 tonna hosil olindi hamda 40 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilindi.
Bundan tashqari 92 ta startap va tijoratlashtirish loyihalari doirasida innovatsion biznes koʻnikmalari shakllantirish maqsadida yoshlar oʻqitildi.
MUNIS loyihasi doirasida:
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 2-komponentidagi “Innovatsion salohiyatni oshirish” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida 129-sonli agentlik direktorining buyrugʻi tasdiqlandi.
Boshqarma tomonidan “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS)” loyihasi uchun taqdim etilgan loyihalar Agentlik tomonidan moliyalashtirilgan tijoratlashtirish/tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari bilan takror boʻlib qolishi va qayta moliyalashtirilmasligini oldini olish maqsadida boshqarma mutaxassislari dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etdi.
“Innovatsion salohiyatni rivojlantirish (ICP)” dasturini amalga oshirish maqsadida “Eurasian Technological University” bilan imzolangan MUNIS/CS/CQS/13-sonli shartnomaga muvofiq taqdim etilgan birinchi hisoboti yuzasidan 01-04/2074-son aloqa xati bilan Innovatsion rivojlanish agentligi xulosasi taqdim etildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining 1-komponenti “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida 93-son buyrugʻi tasdiqlandi.
MUNIS loyihasi doirasida 1 ta texnik topshiriq koʻrib chiqilib xulosa berildi va ICP loyihalari boʻyicha 2-marta relokatsiya boʻyicha kengash yigʻilishlari oʻtkazildi.
2025-yil 5-mart kuni Oliy Majlis binosida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokamasi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Unda boshqarmaning U.Ibragimov hamda A.Ziyayevlar ishtirok etib fikr mulohazalar bildirildi.
3. Koʻrsatgan tashabbuslari boʻyicha:
Birinchidan:
Yuridik boʻlim bilan hamkorlikda loyiha rahbarlari tomonidan amalga oshirilmagan 9 ta loyihalar boʻyicha sud jarayonlari uchun materiallar tayyorlandi va sud majlislarida ishtirok etildi.
1-chorakda boshqarma tomonidan 100 tadan ortiq materiallar agentlik saytlari, Telegram kanallari, viloyat va boshqa OAV tomonidan yoritilishi taʼminlangan. Shuningdek boshqarma tomonidan OAV kanallarda televideniya va radio kanallaridagi maxsus sonlarda ishtiroki taʼminlandi.
Boshqarma tomonidan 2 marta seminar tashkil etildi.
10 marta Televideniyega intervyular berildi.
Boshqa masalalar
Boshqarma tomonidan respublikaning barcha hududlarida OTMlar tomonidan tashkil etiladigan koʻrgazmalar tarmoq jadvali ishlab chiqildi va bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 3 ta, Andijon viloyatida 1 ta koʻrgazma oʻtkazildi.
Koʻrgazma jarayonida yaratilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari boʻyicha seminarlar tashkil etilmoqda.
Prezident Administratsiyasi topshirigʻi bilan Fargʻona davlat texnika universiteti va Fargʻona davlat universitetlarida yaratilgan ishlanmalar holati oʻrganilib, tegishli amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan 19 ta tijoratlashtirish loyihalarini oʻrganish, PQ-12 boʻyicha topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda tarmoq jadvaliga muvofiq OTMlarda koʻrgazmalar tashkil etish maqsadida xodimlar xizmat safariga yuborildi.
Boshqarma xodimlari tomonidan 10 tadan ortiq Xalqaro va Respublikaning nufuzli koʻrgazmalarida ishlanmalar bilan ishtirok etildi.
5 ta xodimlar tomonidan malaka oshirish kurslarida oʻqidi.
