Tadbirkorlik g‘oyalariga ega bitiruvchilar orasidan istiqbolli deya topilgan loyihalar mualliflariga ularni yanada rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi
2025-08-22 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir doirasida bitiruvchi talabalar uchun ishga joylashgach, ularning kasbiy rivoji, shaxsiy brendi, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish kabi muhim yo‘nalishlarga bag‘ishlangan seminar-treninglar tashkil etildi.
Unda “O‘zmilliybank” ATB Sirdaryo viloyati boshqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi mas’ullari tomonidan yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va moliya sohasi bilan bog‘liq dasturlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Taqdimotlarda yoshlarga ishga joylashish tartibi, bank tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun mavjud imtiyozli kreditlar, moliyaviy maslahat xizmatlari va boshqa amaliy ko‘mak choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar davomida talabalar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Tadbirda tadbirkorlik g‘oyasi va loyihalariga ega bitiruvchi talabalar orasidan eng innovatsion va istiqbolli deya topilgan loyihalar mualliflariga ularni yanada rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratildi.









