"TalabaExpo – 2025”da 2 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda
2025-07-30 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda 2 176 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan 328 ta yirik ish beruvchilar va tijorat banklari, 10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida:
➡️Bitiruvchi talaba-yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari;
➡️Salohiyatli tadbirkorlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish;
➡️“Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha ma’lumotlar berish hamda biznes loyihalarni qabul qilish;
➡️“O‘zmilliybank” AJ tomonidan bank mahsulotlari taqdimoti;
➡️Bitiruvchi talabalarning innovatsion va startap loyihalari taqdimoti
➡️Biznes loyihalari moliyalashtirishga qabul qilingan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi;
➡️Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan motivatsion treninglar;
➡️Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga doir taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan bitiruvchilar o‘zlarining biznes loyihalarini moliyalashtirish ichun 800 million so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar bilan taqdirlandi.
#KelajakkaQadam #TalabaEkspo2025 #Andijon #bandlik
Bizni kuzating (https://www.facebook.com/eduuzofficial)
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| (https://www.instagram.com/eduuzofficial/) YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)
