Andijonda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi!
2025-07-30 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Andijon viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda so‘z olganlar mazkur kasb ko‘rgazmasining bitiruvchilar bandligini ta’minlashdagi ahamiyati, yoshlarni kelajakdagi maqsadlariga erishishlari yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi haqida so‘z yuritdi.
Ochilish marosimidan so‘ng:
✔️bitiruvchi talaba-yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari bo‘yicha ko‘rgazma;
✔️salohiyatli tadbirkorlar tomonidan bitiruvchi yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish;
✔️“O‘zmilliybank” AJ bank mahsulotlari taqdimoti;
✔️bitiruvchi talabalarning innovatsion va startup loyihalari taqdimoti jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda









