"OAV haftaligi" doirasidagi panel sessiya: zamonaviy media, dolzarb muammolar va istiqbollar muhokamada
2025-06-26 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov ochib berdi. U oʻz nutqida soʻz erkinligi, axborot shaffofligi, jamiyatda xolis va haqqoniy fikrni shakllantirishda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, oxirgi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini taʼminlashda OAVning taʼsirchan oʻrnini taʼkidladi.
Sessiya davomida ommaviy axborot vositalarining bugungi holati, jurnalistika sohasidagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari, hamda yangi texnologik yechimlar asosida rivojlanish istiqbollari yuzasidan ochiq va konstruktiv muhokamalar olib borildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxoʻja, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xojayev, Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari Madamin Safarov, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Xolmurod Salimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova, Mass media fondi raisi Akrom Fozilov singari sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.









