O‘zbekiston–Ozarbayjon rektorlar forumi yakunlandi
2025-05-29 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev so‘zga chiqdi. Ular forum doirasida o‘tkazilgan mazmunli va samarali muloqot uchun ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.
Ikki kunlik uchrashuvlar davomida universitetlar o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuvni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjonning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shuningdek, Naxchivan universitetida Samarqand davlat tibbiyot universitetining vakolatxonasini tashkil etish va ozarbayjonlik talabalarni O‘zbekistonda ta’lim olishga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu muloqotlar kelgusida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi, yanada samarali loyihalar bilan boyitishga poydevor bo‘ladi.








