Xalqaro forum ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi
2026-09-29 22:30:00 / Vazirlik yangiliklari
I Markaziy Osiyo talabalari sporti xalqaro forumi doirasida Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder, Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari hamda xalqaro forumda ishtirok etayotgan delegatsiya vakillari Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz faoliyati bilan tanishib, Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ilm-fan va sivilizatsiya rivojiga qoʻshgan hissasi haqida maʼlumotlarga ega boʻldi.
Mazkur tashrif xalqaro forum ishtirokchilariga mamlakatimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.









