O‘zbekiston – Qirg‘iziston III Rektorlar forumida talabalarning startaplari namoyish etildi
2026-07-29 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ko‘rgazmada Toshkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar va amaliy loyihalar taqdim etilib, ularning yaratilish g‘oyasi, texnologik imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, jamiyat va tarmoqlar uchun foydasi, shuningdek, ularni mahalliy va xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ko‘rgazma talabalar startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi. Ayniqsa, yoshlarning startap loyihalarini o‘zaro namoyish etishi va tajriba almashishi kelgusida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yangi texnologik yechimlarni yaratish hamda talabalar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.









