Navoiyda “TalabaExpo – 2026” kasb va ta’lim ko‘rgazmasi boshlandi
2026-07-09 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy bankning mas’ul xodimlari, Navoiy davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyati, shuningdek, Navoiy viloyatidagi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar va zamonaviy mutaxassisliklarga yo‘naltirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Ayni paytda ko‘rgazma doirasida bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari yarmarkasi, ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda bitiruvchi yoshlar uchun ochiq muloqotlar davom etmoqda.
“TalabaExpo – 2026” yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va talabalar o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.









